"Chelsi" Ryudiger bilan xayrlashmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
25 apr 2021, 01:41
"Ko'klar" bosh murabbiyiga germaniyalik o'yinchi kerak.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Chelsi" markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etmaydi. Londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel 28 yoshli germaniyalik bilan xayrlashishni istamaydi, chunki uni himoya chizig'idagi asosiy o'yinchi deb biladi.

Xabar berishlaricha, Ryudiger klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

Himoyachi joriy mavsumda APLda 15 uchrashuv o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports