"CHelsi" Potterni ishdan bo'shatmaydi
27 fev 2023 13:28
Yangiliklar


"CHelsi" Potterni ishdan bo'shatmaydi
"CHelsi" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Grem Potterni ishidan ozod etish haqida o'ylamayapti.
Malumotlarga qaraganda, klub rahbarlari 47 yoshli mutaxassisga ishonishda davom etadi.
Potterni "Tottenxem"dan APL 25-turida uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) keyin ham ishdan ozod etmoqchi emaslar.
"CHelsi" hisobida so'nggi 11 o'yinda 1 g'alaba va 4 ta gol bor. Jamoa qatorasiga 6 o'yindan buyon yuta olmayapti.
London klubi APLda 10-o'rinni egallab turibdi va ECHL yo'llanmasini beruvchi 4-o'rindan 14 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar