"CHelsi" Porro uchun kurashga qo'shildi
11 jan 2023 15:27
Yangiliklar
"CHelsi" Porro uchun kurashga qo'shildi
"Stemford Brij" egalari Portugaliyaning "Sporting" klubi himoyachisi Pedro Porroni jamoaning o'ng qanot himoyachisi sifatida ko'rmoqda. 23 yoshli futbolchi o'tgan yozda portugal klubi uchun ijara asosida yaxshi o'yin ko'rsatgani uchun "Manchester Siti"dan to'laligicha sotib oligan edi. U mamlakat giganti uchun mavsumni ajoyib o'tkazdi. U CHempionlar Ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi ikkita o'yinda o'zini ko'rsatdi va ispaniyalik futbolchi "shporlar"ni muzokaralarni boshlab yuborishga majbur qildi.
Porroga davogarlik qilayotgan "ko'klar" ham xuddi "Tottenxem" kabi to'siqqa duch keldi. "Sporting" futbolchisini faqatgina shartnomasida ko'rsatilgan 45 mln evroni to'lash orqaligina xarid qilish mumkinligini malum qildi.
"Sporting" ustozi Ruben Amorim jamoa o'yinchilari Pedro Porro va asli "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi Markus Edvardsga bo'lgan qiziqishlarning o'sib borishi tufayli klub ularning tovon puli to'langanidan keyin qo'yib yuborishga tayyor ekanini aytib o'tdi.
Fikrlar