"CHelsi" Paulo Dibalani xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda
15 okt 2020 13:37
Yangiliklar


"CHelsi" Paulo Dibalani xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda
"CHelsi" faol yozgi transferlar oynasidan so'ng yana bir yulduz futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
London klubi "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalani xarid qilishni o'ylab qoldi. 26 yoshli forvard ayni damda "Yuventus" bilan bitimni 2025 yilning yoziga qadar uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Dibala 2015 yildan beri "keksa sinora" sharafini himoya qilmoqda, bunga qadar esa "Palermo" va "Instituto" klublarida o'ynagan.
U Argentina terma jamoasida 2015 yildan beri harakat qiladi. Paulo joriy mavsum hali maydonga tushmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar