"CHelsi" o'zining transfer rekordini yangilashga tayyor
04 dek 2019 23:19
Yangiliklar


"CHelsi" o'zining transfer rekordini yangilashga tayyor
Goal.com nashri malumotlariga qaraganda, Londonning "CHelsi" klubi "Borussiya" hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho uchun davogarlar qatoriga qo'shildi.
"Ko'klar" angliyalik futbolchini "tumanli Albion"ga qaytarish uchun klub tarixidagi transfer rekordini ham yangilashga tayyorlar. Eslatib o'tamiz, London klubi tarixidagi eng qimmat xarid Kepa Arrisabalaga hisoblanadi, uning uchun umumiy hisobda 72 million funt sterling sarflangan. Sancho uchun esa 100 million funt sterling taklif qilinadi. Takidlash lozimki, londonliklar 19 yoshli futbolchi uchun "Manchester Yunayted" klubi bilan jiddiy kurash olib borishlari talab etiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar