So’nggi yangiliklar

10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  0 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  0 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  1 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  11 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  12 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  10 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  18 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2

"CHelsi" - MYU. Nima uchun "aristokratlar" g'olib bo'lishlari lozim? 5 ta sabab! Yangiliklar

"CHelsi" - MYU. Nima uchun "aristokratlar" g'olib bo'lishlari lozim? 5 ta sabab!

"CHelsi" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan "aristokratlar"ning imkoniyatlarini chamalab ko'ramiz.


Demak, quyidagi 5 ta sabab tufayli londonliklar "qizil iblislar"ni mag'lub etishlari shart.

1. Kontening taktik o'zgartirishlari



Balki bunga Mourinoning muxlislari qarshi chiqishar, lekin italiyalik murabbiy jamoaning taktik tayyorgarligi borasida o'zgartirishlar qila oldi. Konte o'z jamoasi o'yinini raqib uslubiga moslagan holda o'zgartira oladi. Mourino haqida esa bunday deyish qiyin. Konte tavakkal qilishni yaxshi ko'radi. To'g'ri, uning tavakkalchiligi "Liverpul" va "Arsenal"ga qarshi o'yinlarda ish bergani yo'q. Lekin, so'nggi bahslarda "CHelsi" o'yinida rang-baranglikni ko'rmoqdamiz. Qiziq, Antonio APL chempionligi uchun asosiy davogarlardan biri hisoblangan jamoaga qarshi o'yinda ham 3-4-3 sxemasidan foydalanarmikin?


2. Diego Kostaning ayni paytdagi holati



Ispaniyalik hujumchi agar yana bitta sariq kartochka olganida MYU himoyachilarining omadi kelgan bo'lardi. Biroq, Bayi-Smolling juftligiga ushbu bahs davomida oson bo'lmaydi. Ular yakshanba kuni APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi to'purariga qarshi turib berishlari lozim bo'ladi. Premer-Ligada ushbu mavsum 7 ta gol kiritgan Kosta ushbu o'yinda asosiy figuralardan biri bo'lishi mumkin. Balki, De Xea bu safar ham o'zining qoyilmaqom seyvlari bilan Kostaning o'zini ko'rsatishiga imkoniyat bermas. Nima bo'lganida ham, yakshanbagacha oz vaqt qoldi.


3. "CHelsi"dagi bazi futbolchilarning motivaciyasi!



Mourinoning istefosi xato bo'lganmidi yoki ushbu qaror klubni yanada yomonroq natijadan qutqarib qolganmidi? Nima bo'lmasin, "CHelsi"da Mourinoga qarshi til biriktirganlikda gumon qilingan "kalamushlar" ushbu bahsda "benazir"siz ham "Stemford Brij"da hayot yaxshi ekanligini namoyish etishga urinib ko'radilar. Hozircha ushbu o'yinda Fabregasning ishtirok etishi so'roq ostida. Lekin, Eden Azar manchesterlik bolakaylarni dodini berib qo'yishga harakat qilishi aniq.


4. O'z maydonidagi ustunlik



Bu shunchaki nisbiy holat. Lekin, tan olish kerak "CHelsi" o'z maydonida doimo MYUga jiddiy muammo tug'dirib kelgan. SHuni unutmaslik kerakki, APL jamoalari orasida faqatgina "aristokratlar" Angliyaning 20 karra chempionlariga qarshi yaxshi statistikaga egalar. Premer-Liga doirasida "CHelsi"ning "Yunayted"ga qarshi statistikasi: 48 o'yin, 16 g'alaba, 19 durang, 13 mag'lubiyat.


5. CHempionlik haqidagi bayonotlar



Agar londonliklar haqiqatdan ham sovrin uchun kurashmoqchi bo'lsalar, shuningdek ECHLga qaytishni rejalashtirayotgan jamoa sifatida "qizil iblislar"ni mag'lub etishlari lozim bo'ladi. Ular bungacha "Arsenal"dan yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldilar. SHuningdek, Yurgen Klopp jamoasiga qarshi o'yinda ham qimmatli uch ochkoni boy berib qo'yishdi. Konte bundan buyon asosiy raqiblarga qarshi o'yinda ochkolarni berib qo'ymasligi lozim.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика