"Chelsi" Moratani Iguainga almashtirmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2018, 11:10
"Chelsi" ijara asosida "Milan" sharafini himoya qilayotgan "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainga qiziqish bildirmoqda.

Transferga shaxsan Mauricio Sarrining o'zi qiziqib qolgan. Iguain va Sarri "Napoli"da birga ishlashgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi futbolchilarni almashtirmoqchi: Alvaro Morata "Milan"ga yo'l oladi, Iguain esa "Chelsi"ga. Argentinalikka "Yuventus" egalik qilayotgani tufayli, kelishuvni amalga oshirish qiyinlashishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com