"CHelsi" Kundega qiziqmoqda
13 iyu 2021 12:14
Yangiliklar
Ammo, londonliklar andalusiyaliklar talab qilayotgan mablag'ni to'lay olmasliklari mumkin. O'yinchi uchun shuningdek "Real" va MYU davogarlik qilmoqda.
O'tgan yili franciyalik futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirgan va hatto 55 mln evro taklif qilgandi, ammo "Sevilya" rad javobini bergan. SHuningdek o'yinchining shartnomasida 80 mln evrolik tovon puli yozilgan.
Eslatib o'tamiz, Kunde "Sevilya"ga 2019 yilda "Bordo"dan 25 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum 49ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar