"Chelsi" Kunde uchun 100 mln evro taklif qilishga tayyor. "Barsa" himoyachini saqlab qolmoqchi, uning o'zi ham ketishni xohlamayapti
16 fev 2025 17:13
Yangiliklar
"Chelsi" Kunde uchun 100 mln evro taklif qilishga tayyor. "Barsa" himoyachini saqlab qolmoqchi, uning o'zi ham ketishni xohlamayapti
Jyul Kunde "Chelsi"ning qiziqishiga qaramay, "Barselona"da qolishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq, kataloniyaliklarning franciyalik himoyachi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Uning amaldagi kelishuvi 2027 yilga qadar mo'ljallangan, yangisi 2030 yilgacha tuziladi.
26 yoshli o'yinchiga Saudiya Arabistoni klublari, shuningdek "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. London klubi oldinroq Kunde bilan shartnoma imzolashga urindi, bu yili esa u uchun 100 mln evro atrofidagi mablag'dan voz kechishga tayyor.
Ammo, "Barsa" hech qanday takliflarni eshitmaydi, klub himoyachining ishtirokidan ko'ngli to'q. O'yinchining o'zi ham ketishni xohlamayapti.
Kunde joriy mavsum La Liga doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar