"CHelsi" Kantega yangi shartnoma taklif qiladi
07 may 2021 11:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635578_original.jpg)
![](/upload/storage/635578_220.jpg)
"CHelsi" Kantega yangi shartnoma taklif qiladi
Londonning "CHelsi" klubi tayanch yarim himoyachisi Ngolo Kante bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
"Aristokratlar" rahbariyati 30 yoshli francuzning joriy mavsumdagi o'yinlaridan qoniqmoqda va uni yangi shartnoma bilan taqdirlamoqchi. Kantening o'zi ham londonliklar bilan bitimni uzaytirishga qarshi emas.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Kante "CHelsi"da 2016 yildan beri o'ynaydi. Uning transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda.
Ngolo joriy mavsum APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar