"CHelsi" Granovskayaning ketishi haqida elon qildi
22 iyu 2022 15:09
Yangiliklar
"CHelsi" Granovskayaning ketishi haqida elon qildi
"CHelsi" Marina Granovskayaning sport direktorligidan ketishini
elon qildi.
London klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, sport direktorligi vazifasini vaqtinchalik "CHelsi" xo'jayini Todd Boeli bajaradi.
Qayd etish kerakki, Boeli bu vazifani yangi menejer topilmagunga qadar bajaradi.
Granovskaya "CHelsi"da 2013 yildan beri ishlayotgandi. U London klubining transfer masalalari, shuningdek shartnomalarni uzaytirish bilan shug'ullangandi.
Fikrlar