

"Chelsi" rahbariyati jamoaning himoya chizig'ini ham mustahkamlash ustida bosh qotirmoqda. "Brayton" mutasaddilari Dankni 50 mln funtga baholamoqda. Ular 28 yoshli himoyachi borasida munosib taklif tushsa, u bilan xayrlashishga qarshi emaslar.
Ma'lumot uchun, Dank APLning joriy mavsumida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 gol va 3 ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



