"CHelsi" "Borussiya" bilan Xoland bo'yicha muzokaralarni boshladi
08 iyu 2021 11:20
Yangiliklar
"CHelsi" "Borussiya" bilan Xoland bo'yicha muzokaralarni boshladi
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland "CHelsi"ning transfer maqsadidir.
"Aristokratlar" "arilar" bilan 20 yoshli norvegiyalik hujumchining transferi borasida muzokaralarga kirishishdi.
Transfer taxminan 200 million evroga baholanmoqda. Futbolchining nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar