"CHelsi" "Atletiko" bilan Saulning transferi borasida kelisha olmayapti
31 avg 2021 18:30
Yangiliklar
"CHelsi" "Atletiko" bilan Saulning transferi borasida kelisha olmayapti
Ispaniyalik yarim himoyachi Saul Niges hali ham Londonning "CHelsi" klubi qiziqishlari doirasida.
"Aristokratlar" o'yinchi bilan yozda shartnoma imzolashmoqchi edi, ammo "Atletiko" bilan bitim shartlari bo'yicha kelisha olishmayapti.
Madrid klubi Nigesni 40 million evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga qo'yib yuborishga tayyorlar. Bunday shart Angliya klubiga to'g'ri kelmayapti, muzokaralar bekor bo'lish arafasida.
Saul Madrid klubida 2013 yildan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
26 yoshli xavbek joriy mavsum La Liga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar