"CHelsi" "Atletik" darvozaboni uchun 80 mln. evro to'lamoqchi
07 avg 2018 14:23
Yangiliklar
"CHelsi" "Atletik" darvozaboni uchun 80 mln. evro to'lamoqchi
"CHelsi" "Atletik" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Kepa Arrisabalagani "aristokratlar" safini tark etmoqchi bo'layotgan Tibo Kurtua o'rniga xarid qilmoqchi.
Belgiyalik posbon "Real"ga o'tishni maqsad qilgan.
Malumotlarga ko'ra, "ko'klar" 23 yoshli Kepa uchun shartnomada ko'rsatilgan 80 mln. evro tovon pulini to'lashga tayyor.
"CHelsi" transferni amalga oshirish uchun darvozabonni ham ko'ndirishi kerak bo'ladi. Futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga tayyor, ammo u yanvarda "Atletik" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi.
"CHelsi" Arrisabalagaga "Atletik"dagidan ko'proq maosh va asosiy darvozabon rolini taklif qildi.
Fikrlar