"CHelsi" Alonsoning transfer narxini elon qildi
26 fev 2020 22:52
Yangiliklar
"CHelsi" Alonsoning transfer narxini elon qildi
"Inter" yozda himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "CHelsi" futbolchisi Markos Alonso Milanning "Inter" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Neradzurrilar" o'z tarkibini 28 yoshli ispaniyalik himoyachi bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Alonsoning transferini Antonio Kontening shaxsan o'zi istamoqda. Londonliklar ham Markos bilan xayrlashishga qarshi emas va ular futbolchini 40 million evroga baholashmoqda.
Eslatib o'tamiz, Alonsoga Madridning "Atletiko" klubi ham davogarlik qilmoqda. APLning joriy mavsumida 9 o'yinda maydonga tushgan futbolchi 2 gol, 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar