"Chelsi" Alonsoni 60 million evroga sotishga tayyor

Tolibjon Qosimov
23 avg 2018, 19:53
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso Ispaniyaga qaytishi mumkin.

"AS" nashrining xabar berishicha, 27 yoshli o'yinchiga "Atletiko" va "Real" klublari qiziqish bildirishmoqda. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, londonliklar Alonso bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Lekin, uni 60 million evrodan kamiga qo'yib yuborishmaydi.

Alonso 2016 yil "Fiorentina"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. Oldinroq, PSJ chap qanot himoyachisini sotib olish bo'yicha taklif bilan chiqqani va rad javobini olgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com