"CHelsi" Aguero uchun kurashmoqchi
18 mar 2021 12:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625908_original.jpg)
![](/upload/storage/625908_220.jpg)
"CHelsi" Aguero uchun kurashmoqchi
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero faoliyatini Angliyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
32 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga "CHelsi" qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" uni tekinga o'z saflariga jalb qilishmoqchi, sababi uning "Siti" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Oldinroq xabar berilganidek, Serxio "Barselona"ga o'tishga yaqin. Hatto uning ispan klubi bilan kelishuvga erishgani borasida ham xabarlar yangramoqda.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi "Manchester Siti"ga 2011 yilda Madridning "Atletiko" klubidan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar