So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистонлик ҳакамлар ишлаган ўйинда Япония Баҳрайнга ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 02:00Миллатлар лигаси. Нидерландия ва Германия жанговар дуранг қайд этишди, Англия эса ғалаба қозонди  0 00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  6 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  10 23:35Одилжон Ҳамробеков: "Бугун тактика ёки индивидуал маҳорат эвазига эмас, кучли иштиёқ сабабли ғалаба қозондик"  16 23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  48 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  5 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  30 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  37 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  514 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   4 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  9

"CHelsi" 112 yoshda: klub tarixi, muvaffaqiyatlar va bugungi kun Yangiliklar

"CHelsi" 112 yoshda: klub tarixi, muvaffaqiyatlar va bugungi kun

Bugun Londonning "CHelsi" jamoasi tashkil etilganiga 112 yil to'ldi.


SHu munosabat bilan, klub tarixi, muvaffaqiyatlari va bugungi kuni haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.


To'liq nomi:
"CHelsi" futbol klubi

Laqabi: "Aristokratlar"

Tashkil etilgan kuni: 1905 yil 10 mart

Stadion: "Stemford Brij", London

Sig'imi: 41 837

Klub egasi: Roman Abramovich

Prezident: Bryus Bak

Bosh murabbiy:
Antonio Konte

Sardor: Jon Terri

Reyting: UEFA reytingida 10-o'rin

Rasmiy sayti: www.chelseafc.com
 
"CHelsi" futbol klubi - Angliya poytaxti London shahri klubi hisoblanadi. 1905 yilda tashkil qilingan. O'z tarixidagi o'yinlarini asosan mamlakat yuqori divizionida o'tkazgan. 1992 yilgi APL tashkil qilinishida muhim rollardan birini o'ynagan. "CHelsi" 5 marotaba Angliya chempionligini qo'lga kiritgan. 7 marta futbol associaciyasi kubogi sohibi, 5 marotaba Liga kubogi sohibiga aylangan. SHuningdek, Evropa maydonlarida CHempionlar Ligasi, UEFA Kubok egalari kubogi, Evropa Ligasi va UEFA superkubogi kabi sovrinlarni qo'lga kiritgan.

"CHelsi" futbol tarixida bir vaqtning o'zida ikkita asosiy Evrokubokni o'zida ushlab turgan yagona klub hisoblanadi.

Nomi "CHelsi" ekanligiga qaramay, klub qo'shni Fulem hududida joylashgan. Klubning uy stadioni "Stemford Brij" esa 1877 yilda ochilgan. O'z bag'riga 41 837 tomoshabinni sig'dira oladigan arena Angliyada sig'imi bo'yicha 9-o'rinda turadi.



2003 yilning 2 iyulida rossiyalik biznesmen Roman Abramovich klubni sotib olgan.

Bugungi kunda "CHelsi" eng ko'p daromad topish bo'yicha dunyoda 7-o'rinda turadi. "Forbes" jurnali klub narxini 1,37 milliard dollarga baholagan.

Jamoaning asosiy libosi ko'k ranglarda. 1960 yillardan beri mana shu uslubdagi liboslarda to'p tepadi.

Klub logotipi bir necha marotaba o'zgargan. Ulardan eng so'ngisi, yani hozirgisi 2005 yilda yaratilgan.



Klub muxlislar orasida tezda hurmat qozona oldi. Lekin, tashkil qilinganidan so'ng 50 yil ichida birorta sovrin qo'lga kirita olmagan. Jamoaning dastlabki muvaffaqiyati 1915 yilga to'g'ri keladi. O'shanda "CHelsi" Angliya Kubogi final bahsida ishtirok etgandi. SHuningdek, 1911, 1920, 1932, 1950 va 1952 yillarda yarim final o'yinlarida qatnashgan.

Jamoani ilk marotaba Ted Dreyk chempionlik sari etaklab borgan. O'shanda 1954\55 yilgi mavsum edi.


Yangi tarix



2003 yilning 2 iyunida Key Beyts "CHelsi"ni 140 million funt evaziga Roman Abramovichga sotgan. Aynan shundan so'ng "aristokratlar" dunyodagi superklublar ichiga kirib oldilar. Klubga rossiyalik xo'jayin kelganidan so'ng 100 million funt yangi futbolchilar haridiga sarflanadi. Biroq, klub bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoa bilan sovrinlar qo'lga kirita olmaydi. Uning o'rniga esa ushbu lavozimga portugaliyalik Joze Mourino keladi. "CHelsi" Mourino qo'l ostida o'z chempionlik unvonini himoya qila olgan beshinchi jamoaga aylanadi. Keyin esa futbol associaciyasi kubogi (2007), Futbol ligasi kubogi (2005, 2007) qo'lga kiritiladi.

2007 yilning 20 sentyabrida esa klub Mourino bilan kelishuvni bekor qilgan. Undan so'ng jamoaga Avram Grant bosh murabbiy etib tayinlanadi. "Aristokratlar" isroillik murabbiy bilan birga APLda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritadilar. CHempionlar Ligasida esa 2008 yili finalgacha etib borganlar. O'shanda jamoa Moskvada bo'lib o'tgan finalda "Manchester Yunayted"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'sha mavsumni muvaffaqiyatsiz hisoblagan klub rahbariyati Grantga ham chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ygan.

2008 yilning 12 iyunida klub Luis Felipe Skolarini bosh murabbiy sifatida ommaga tanishtirdi. Biroq, uning omadsiz natijalari ham rahbariyatga maqul kelmaydi va braziliyalik murabbiy 2009 yilning fevral oyida istefoga chiqariladi. Jamoani mavsum oxirigacha Gus Xiddink boshqarib borishi kelishib olinadi. O'shanda jamoa gollandiyalik murabbiy qo'l ostida ECHL yarim finalida ishtirok etgan, Angliya futbol associaciyasi kubogi sohibiga aylangan.

2009 yilning 1 iyunida esa bosh murabbiylik lavozimini italiyalik Karlo Anchelotti egallaydi. Murabbiy klubdagi dastlabki yilidayoq oltin dubl qayd etishga muvaffaq bo'lgan. O'shanda klub Premer-Liga va futbol associaciyasi kubogi musobaqalarida bosh sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Undan keyingi mavsum esa Anchelotti boshchiligidagi "CHelsi" uchun butunlay omadsiz o'tdi. Jamoa murabbiy bilan umuman sovrin yuta olmadi. Oqibatda esa 2011 yilning 22 may kuni Anchelottiga ham chiqish eshiklari ko'rsatib qo'yildi.

2011 yilning 22 iyunida jamoa boshqaruviga portugaliyalik murabbiy Andre Villash-Boash keladi. Murabbiy bilan uch yilga shartnoma imzolangan. Ammo, murabbiyning "CHelsi"dagi ishlari umuman yurishmagan va unga 15 million evro konpensaciya puli to'lab berilgan holda javob berib yuboriladi. Uning o'rniga esa vaqtinchalik "shox vazifasini bajarish" uchun o'z vaqtida futbolchi sifatida "CHelsi"da o'ynagan Roberto Di Matteo taklif qilinadi. "Aristokratlar" uning qo'l ostida ilk marotaba Evropa CHempionlar Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritganlar. O'shanda klub Myunxenda bo'lib o'tgan finalda mezbon "Bavariya"ni penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratgandi.



Biroq, navbatdagi mavsumda qayd etilgan muvaffaqiyatsizliklar Roberto di Matteoning ham ishdan bo'shashiga sabab bo'ladi.  Uning o'rniga esa Rafael Benites klubni boshqarib turadi.

2013 yilning 3 iyun kuni esa "CHelsi"ga yana Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlanadi. "Benazir" qaytganidan so'ng ilk mavsumidayoq jamoani chempionlik sari etaklab borgan. 2015 yilning 17 dekabrida esa "CHelsi" 16 ta o'yindan so'ng APL turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turgan bir vaqtda, o'zaro kelishuvga binoan kelishuv bekor qilindi. Uning o'rniga esa klubga vaqtinchalik yana Gus Xiddink bosh murabbiy etib tayinlangan.

2016 yilning 4 aprelida esa klub Antonio Konte bilan kelishuvga erishganini rasman malum qildi. "CHelsi" italiyalik murabbiy qo'l ostida ketma-ket 13 ta o'yinda g'alaba qozonib, o'z klub rekordini yangiladi. Ayni vaqtda jamoa APL turnir jadvalida eng yaqin taqibchisi "Tottenxem"ni 10 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlikni saqlab turibdi.




Klubning erishgan yutuqlari:


Birinchi divizion/ Premer-liga (5): 1954/55, 2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15

Ikkinchi divizion (2): 1983/84, 1988/89

Futbol associaciyasi kubogi (7): 1970, 1997, 2000, 2007, 2009, 2010, 2012

Futbol ligasi kubogi (5): 1965, 1998, 2005, 2007, 2015

Angliya Superkubogi (4): 1955, 2000, 2005, 2009

UEFA CHempionlar ligasi (1): 2012

Finalchi (1): 2008

Evropa Ligasi (1): 2013

UEFA kubok egalari kubogi sohibi: (2): 1971, 1998

UEFA Superkubogi (1): 1998

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati: Finalchi (1): 2012



Rekordlar:

 - Eng yirik g'alaba: 13:0. "Jeness Otsharaj", UEFA Kubok egalari kubogi, 1971 yil, 29 sentyabr.

- APLdagi eng yirik g'alaba:

 8:0 - "Uigan Atletik", 2010 yil, 9 may

 8:0 - "Aston Villa", 2012 yil, 24 dekabr.

- Bir mavsumda kiritgan eng ko'p gol (APLning 38 ta o'yinida): 103 ta gol, 2009/10.

- Bir mavsumda eng kam o'tkazib yuborilgan gollar: (APLning 38 ta o'yinida): 15 ta gol, 2004/05.

- Bir mavsumda o'tkazilgan eng ko'p "quruq o'yinlar" (59 ta o'yinda 34 ta), 2004/05

- Bir mavsumda to'plangan eng ko'p ochko: 95 (2004/05)

- O'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriya: 86 ta o'yin (2004 yil 20 martdan 2008 yil 26 oktyabrgacha)

- CHempionatdagi g'alabalar seriyasi: 13 ta o'yin (2016 yil 24 sentyabrdan 2017 yil 5 yanvargacha)

- Evrokuboklardagi ikki o'yin natijasiga ko'ra eng yirik g'alaba: 21:0. 1971 yilning 29 sentyabrida UEFA Kubok egalari kubogida "Jeness Otsharaj"ga qarshi o'yinlarda.

Quyidagi futbolchilar "CHelsi"da tepgan paytida terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritganlar:

Piter Bonetti - 1966

Marsel Desayi - 1998

Frank Lebyof - 1998

Andre SHyurrle - 2014


Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика