CHaves va Davronov "Nasaf" bilan Iordaniyaga bormaydi
14 sen 2023 10:52
Yangiliklar
CHaves va Davronov "Nasaf" bilan Iordaniyaga bormaydi
"Nasaf" jamoasi OCHLga tayyorgarlikni Antaliyada davom ettirmoqda.
Muhim bellashuv va musobaqani g'alaba bilan boshlashni maqsad qilgan "ajdarlar"ga shu kuni ikki nafar futbolchi yordam bermasligi aniq bo'ldi. Bu haqda Ro'ziqul Berdiev saytimizga malum qildi.
"Andres CHaves va Alibek Davronov biz bilan birga bo'lmaydi. Argentinalik hujumchi jarohatini to'liq tiklamadi va Toshkentda qoldi. Davronov Osiyo o'yinlariga boradi. Biz Timur Kapadzedan Abduvohidni qoldirishni iltimos qildik. Biz birgina Umid Ergashev bilan qolib, tavakkal qilishni istamadik", – dedi Ro'ziqul Berdiev.
Malumot uchun, "Nasaf" 18 sentyabr kuni OCHL guruh bosqichi 1-turida Ammanda "Al Faysali"ga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar