CHaves, Kuxarchik va boshqa "yulduzlar" hozir qaerda? Superliganing o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsiz transferlari (2-qism)
08 iyu 17:32
Yangiliklar
CHaves, Kuxarchik va boshqa "yulduzlar" hozir qaerda? Superliganing o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsiz transferlari (2-qism)
"Bunyodkor": Taira, Marchich
"Bunyodkor" braziliyalik Vellington Tairani Moldovadan topdi. Uning shartnomasi avvaliga g'alati tuyuldi, chunki "qaldirg'ochlar" himoyaning chap qanotida sifatli futbolchi – yosh Mahmud Mahamadjonovga ega edi. Biroq bu "Bunyodkor" rahbariyatini to'xtata olmadi va yakunda Taira O'zbekistonda atigi olti oy o'ynadi. Braziliyalik o'yinchi 12 ta o'yinda yaxshi o'yin ko'rsatdi (1 ta gol va 1 ta golli uzatma), lekin himoyada ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Hozir Taira Iroq chempionatida... "Navro'z" klubida o'ynamoqda.
"Bunyodkor"ning yana bir muvaffaqiyatsiz transferi – serbiyalik tayanch yarim himoyachisi Milan Marchich. Dastlabki o'yinlarda u yomon emasdi, ammo shundan so'ng u tarkibdan joy uchun kurashda belaruslik Aleksey Noskoga mag'lub bo'ldi. Marchich "Bunyodkor" safida jami 8 ta o'yin o'tkazib, 1 ta to'p kiritdi. Hozirda serbiyalik futbolchi Superligadan past jarajadagi Xorvatiya ikkinchi divizioni vakili "Zrinski Oseko"da o'ynamoqda. Taqqoslash uchun, Transfermarkt Superligani 79,3 mln evroga, Xorvatiya ikkinchi ligasini esa 31,5 million evroga baholagan.
"So'g'diyona": Serderov, Radulovich
Rossiyalik hujumchi Serder Serderov 2023 yilgi mavsum boshlanishi oldidan "So'g'diyona"ga keldi. U RPL va MFL, shuningdek, Bolgariya, Polsha, Xorvatiya, Vengriya va Qozog'iston chempionatlarida o'ynashga ulgurgan. Serderov "So'g'diyona"da ildiz otgani yo'q – 13 uchrashuvda atigi 2 ta gol. Biroq shundan so'ng u Mahachqalaning "Dinamo"siga o'tdi va u erda jamoasiga katta foyda keltirdi: Serder 30 uchrashuvda 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning mehnatlari evaziga "Dinamo" Maxachqala RPLdan MFLga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi.
Serderov misolida xulosa qilish mumkinki, muvaffaqiyatsiz transfer har doim ham uning yomon futbolchi ekanligini anglatmaydi. Ammo transfer muvaffaqiyati har doim futbolchining yangi jamoaga qanchalik mos kelishi, qanchalik tez-tez o'ynashi va qanday foyda keltirishi bilan belgilanadi. Boz ustiga, Serderov MFL klubiga o'tdi, bu chempionat hech bo'lmaganda Superligadan yomon emas. Bu ham futbolchining darajasi haqida so'zlaydi.
"So'g'diyona"dan eng g'alati transfer – CHernogoriya terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi Predrag Radulovich. U CHernogoriya ikkinchi divizioni (mohiyatan yarim professional maqomga ega)ning "OFK Grbal" klubidan olingan. "O'ylashimcha, Radulovich jamoamizni kuchaytirishga va o'z poziciyasida raqobatni kuchaytirishga qodir. Men uning qanday futbolchi ekanligini bilaman, shuning uchun u mening jamoamda", – degandi "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich 2023 yilning iyulida. Biroq Radulovich "So'g'diyona" asosiy tarkibida umuman o'ynamadi. Hozirgi kunda u CHernogoriya ikkinchi divizioniga qaytdi va u erda "Iskra" jamoasida harakat qilmoqda.
OKMK: Ben Salem, Ruxadze
Tunislik 27 yoshli himoyachi Muhammad Ali Ben Salem OKMKga Ukrainaning "Ingulec" klubidan keldi. U O'zbekistonda olti oy o'tkazdi va bu vaqt ichida faqat bitta o'yinda – O'zbekiston Kubogi doirasidagi "G'ijduvon"ga qarshi o'yinda qatnashdi. U Superligada o'ynamadi. Iyulgacha Ben Salem o'z vatanida "Monastir" safida to'p tepdi. Muhammad Ali hozircha klubsiz.
Irakli Ruxadzening transferi ham muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqdi. OKMK uni Gruziyaning "Samgurali" jamoasidan jalb qildi. Olti oydan so'ng u "Telavi" klubiga ijaraga berildi. Ruxadze vatani Gruziyada o'yin amaliyotiga ega bo'lib, O'zbekistonga yangi kuch bilan qaytdi. Ayni paytda Iraklining transferini muvaffaqiyatsiz deb bo'lmaydi: u joriy mavsum OKMK tarkibida 13 ta o'yin o'tkazdi, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U O'zbekiston Kubogi doirasidagi "Aral" akademiyasiga qarshi o'yinda (16:0) "2+2" natijasini ko'rsatganini alohida takidlash joiz. Ruxadzeni ro'yxatga kiritdik, chunki u futbolchi tarkibdagi o'rniga darhol bo'lmasa ham sekin-asta ega bo'lishining ajoyib namunasidir.
"Neftchi": Mrchela, Batyushin, Arabuli
"Neftchi" o'tgan yili kutilmaganda medallar uchun davogarlardan biriga aylangandi. Bu ko'p jihatdan Farg'ona klubi o'z tarkibini jiddiy yangilagani evaziga amalga oshdi. Lekin, asosan, mahalliy futbolchilar jamoani chinakamiga kuchaytirdilar. Deyarli barcha legionerlar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishdi.
Mavsum boshlanishidan avval yarim himoyachi Yuriy Batyushin "Neftchi"ga keldi. U O'zbekistonda olti oydan sal ko'proq vaqt qolib, shu vaqt ichida 9 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Superliga o'yinlarida u birinchi daqiqalardanoq maydonga tushmadi. "Neftchi"dan Batyushin Polshaga yo'l oldi va u erda To'rtinchi divizion (yarim professional maqomida) vakili "Sokol" klubida o'ynadi. Hozir u Tojikistonning "Ravshan" jamoasi sharafini himoya qilmoqda – 9 o'yin, 1 gol.
2023 yilning yozida kelib chiqishi xorvatiyalik bo'lgan avstraliyalik himoyachi Tomislav Mrchela "Neftchi"ga kelgandi. O'sha paytda u 32 yoshda edi. Mrchela Farg'ona klubida bor-yo'g'i 8ta o'yinda maydonga tushdi va faqat bir marta maydonga tushdi. Yana bir mutlaqo foydasiz transfer. Tomislav hozirda Xorvatiya Ikkinchi divizionidagi "Rudesh" klubida o'ynayapti.
O'tgan mavsum "Neftchi" tarkibida gruziyalik uch nafar futbolchi bor edi va ularning barchasi hujumchi edi. Toma Tabatadze hammadan yaxshi o'ynadi. Natijada 2023 yilning yozida uni "Navbahor" sotib oldi. Giorgi Nikabadze ham Namanganda paydo bo'ldi, ammo mavsum oxirida. Gruziyalik uchinchi hujumchi Bachana Arabuli na "Neftchi"da, na O'zbekistonda o'z o'rnini topa oldi. Bundan tashqari, Arabuli gruziyalik jamoadoshlaridan farqli ravishda Gruziya terma jamoasida o'ynagan (2017 – 2019 yillarda 7 ta o'yin). Arabulining hisobida "Neftchi" safida 10 ta o'yin va 1 ta golli uzatma bor. Hozir Bachana K2 liga (Koreyaning ikkinchi divizioni) "Kyonnam" klubida o'ynamoqda: 14 o'yin, 6 gol, 1 golli uzatma.
"Nasaf": CHaves
Qarshining haqiqiy "afsonasi"! 32 yoshli argentinalik futbolchi "Nasaf"ga "Banfild"dan kelgan va unga katta umid bildirilgandi. Biroq CHaves yomon holatda keldi va uzoq vaqt davomida kerakli formaga kira olmadi. Jurnalistlar deyarli har bir anjumanda Ro'ziqul Berdievdan CHaves haqida so'radilar. "Nasaf" bosh murabbiyi har safar "Kutishimiz kerak, moslashuv davom etmoqda, u tez orada o'zini ko'rsatadi", degan javobni qaytardi.
Biroq CHaves o'zini ko'rsata olmadi. U Qarshida 15 ta o'yin o'tkazdi (shundan 4 tasi asosiy tarkibda) va 2 ta gol urdt. Andresning "Nasaf"dagi eng yaxshi xaylayti 90+5-daqiqada "Neftchi" darvozasiga kiritilgan to'p bo'ldi. Bu vaqtga kelib qarshiliklar 1:0 hisobida oldinda borayotgan va uchrashuv yakuniga etib borayotgandi. CHaves boshi bilan gol urdi va hammaga familiyasini ko'rsatish uchun futbolkasini echdi... Va buning uchun ikkinchi sariq kartochka oldi!
Qarshida bir yildan keyin CHavesdek hujumchi borligini eslashlari dargumon, garchi uning transferi aql bovar qilmaydigan voqelik sifatida taqdim etilgandi. Andres haqiqatan ham yuqori saviyada o'ynagan, ammo bu bir necha yil oldin edi. Futbolda ko'p narsani futbolchining hozir qanchalik yaxshi ekanligi hal qiladi – u qanday formada, jamoaga yordam berishga qanchalik tayyor va hokazo.
Hozir CHaves o'z vataniga yaqinroq joy – CHilida o'ynamoqda. U "Kokimbo Unido" uchun 19 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Statistika "Nasaf"dagiga qaraganda ancha yaxshi, ammo baribir ajoyib emas.
"Paxtakor": Kuxarchik
Superliga klubining yana bir "topilmasi". Hikoya CHaves bilan bo'lgan voqeaga juda o'xshash: 32 yosh, yuqori saviyada o'ynash tajribasi katta va formasi yomon. Ammo Mixal Kucharchik "hamkasbi"dan farqli ravishda jarohat bilan kelgandi. U avgust oyining oxirida – "Paxtakor"ga o'tganidan bir yarim oy o'tib maydonga tushdi.
Kuxarchik O'zbekistonda faoliyat olib borishidan oldin o'z vatanida "Pogon" safida to'p tepdi. U oxirgi marta 2022 yilning 13 noyabrida rasmiy o'yinda qatnashgan. Malum bo'lishicha, "Paxtakor" o'sha paytda deyarli 10 oy futbol o'ynamagan futbolchi bilan shartnoma imzolagan ekan!
Kuxarchik "Paxtakor" safida bor-yo'g'i 4 ta o'yinda ishtirok etdi va birorta ham samarali harakati bilan ajralib turmadi. Hozir Mixal o'zining sobiq klubi "Legiya"da, lekin u erda faqat ikkinchi jamoada o'ynaydi. "Legiya II" Polshaning to'rtinchi divizionida (yarim professional daraja) o'ynaydi.
Fikrlar