“CHarm to'p”ning Qashqadaryo viloyat bosqichi start oldi
15 avg 2019 20:16
Yangiliklar


“CHarm to'p”ning Qashqadaryo viloyat bosqichi start oldi
Ananaviy “CHarm to'p” futbol musobaqasida viloyatning tuman (shahar) bosqichlarida g'olib bo'lgan 15 ta jamoadan 240 nafarga yaqin 18-30 yoshli mahalla yoshlari ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning birinchi kungi natijalariga ko'ra G'uzor tumanidan kelgan “Avg'onbog'” mahalla fuqarolar yig'ini (MFY) yoshlari faxrli 3-o'rinni egallagan bo'lsalar, turnirning hal qiluvchi final yo'llanmasiga Kasbi tumanining “Oqqamish” hamda Koson tumanining “Navbahor” MFY yoshlar jamoalari ega chiqishdi.
Turnirning final bosqichi ertaga Qarshi shahridagi “Geolog” sport sog'lomlashtirish majmuasining futbol maydonida bayramona tarzda o'tkaziladi. G'olib sovrindor bo'lgan jamoalar diplom, medal, kubok hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz
O’xshash yangiliklar

Fikrlar