“CHarm to'p-2019” musobaqasi Toshkent shahar bosqichi yakunlandi
14 avg 2019 11:53
Yangiliklar
“CHarm to'p-2019” musobaqasi Toshkent shahar bosqichi yakunlandi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi yig'ilish bayoniga asosan mamlakatimizda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan mahalla yoshlari o'rtasida “CHarm to'p” ananaviy futbol musobaqasi o'tkazilmoqda.
Ayni kunlarda mazkur musobaqaning shahar va tuman bosqichlari yakunlanib, viloyat bosqichlari o'tkazilmoqda.
Birinchi bo'lib Toshkent shahrida musobaqaning Respublika bosqichida qatnashuvchi jamoa aniqlab olindi. Kecha Olmazor tumanidagi 2-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida “CHarm to'p-2019”ning Toshkent shahar bosqichi hal qiluvchi o'yinlari bo'lib o'tdi. Finalda Bektemir tumanining “Iqbol” jamoasi Yunusobodning “Otchopar” mahallasi yoshlarini 2:1 hisobida mag'lub etdi va Respublika bosqichida poytaxt sharafini himoya qilish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
Taqdirlash marosimida futbol jamoatchiligi vakillari, faxriylar, O'FA hamda vazirlik xodimlari,OAV vakillari ishtirok etishdi.
TAS-IX emas
Fikrlar