So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:1 (онлайн ҳисоб)  8 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

"Championat.asia" xodimlari bugungi uchrashuvlar natijasini taxmin qilishdi Yangiliklar

"Championat.asia" xodimlari bugungi uchrashuvlar natijasini taxmin qilishdi

Bugun ECHL 1/8 finali doirasidagi 2 ta uchrashuv o'tkaziladi: "Barselona" - "Napoli" hamda "Bavariya" - "CHelsi".

Saytimiz xodimlari mazkur o'yinlar natijasini taxmin qilib ko'rishdi. 

Kamoliddin Alimov — saytimiz xodimlarining ustozi, "Olamsport.com" bosh muharriri

Barselona - Napoli 3:1

Bugungi uchrashuvda kataloniyaliklarni 0:0 hisobi ham qanoatlantiradi. Neapolliklar esa 1/4 finalga chiqish uchun gol urishlari lozim. SHu sababdan bugun ochiq futbol tomosha qilsak kerak. Ochiq futbolda har ikki jamoada darvozani ishg'ol qilish imkoniyati yuzaga keladi. CHempionlikdan mahrum bo'lgan "Barselona" bor etiborini ECHLga qaratgan. Mavsumni sovrin bilan tugatish va shu yo'l bilan muxlislar oldidagi qarzni uzish uchun ham "Napoli"dan o'tish kerak. 

Bavariya - CHelsi 0:0  

Bu juftlik taqdiri birinchi o'yindayoq hal bo'lgan. "CHelsi" kambekni amalga oshirish uchun "Barselona" bo'lishi kerak, nazarimda. "Bavariya" murabbiyi bugun asosiy tarkibning bir necha futbolchilariga dam bersa kerak. Taxminim javob bahsida durang qayd etiladi.

Abdulaziz Iskandarov  — saytimizning intervyu olishni yaxshi ko'radigan sergap xodimi

Barselona - Napoli 2:1

Ayni paytda CHempionlar Ligasi o'zining eng pik nuqtasiga chiqib bormoqda. Favorit sanalgan jamoalarning turnir bilan erta xayrlashishi qolgan jamoalarni sergaklikka chorlasa hech gap emas. Hususan, bugun "Barselona" va "Napoli" o'rtasidagi o'yinda ham sensaciya qayd etilishi, Gattuzo shogirdlari keyingi bosqchi masalasini hal qilishlari mumkin. Lekin, "Barsa" muxlislariga umid bag'ishlaydigan bir omil bor - Messi.  Menimcha, bu bahsda Kike Seten shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishadi.

Bavariya - CHelsi 2:2

Endi "Bavariya" va "CHelsi" o'rtasidagi uchrashuvga ko'p ham to'xtalib o'tish shart emas. Frenk Lempardning yosh jamoasi uchun bu turnir katta tajriba vazifasini o'tadi. Agarda ECHLda jamoa kambek ko'rsata olmasa, bu klubning muxlislari aslo hafa bo'lmasligi kerak. Debyut mavsumdayoq ajoyib jamoani shakllantirish va sovrinli o'rinlar sari etaklash menimcha ajoyib natija hisoblanadi.  "Bavariya" birinchi uchrashuvdayoq barchasini hal qilib bo'lgan. Ikki jamoa ham bu mavsumni ajoyib o'tkazdi. Lekin, birinchi o'yin natijasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, keyingi bosqchiga myunxenliklar yo'l oladi va "Barselona" bilan to'qnash keladi. Tahminim: 2:2.

SHerzod Nurmatov — "Arsenal"ning CHempionlar Ligasida o'ynashini kutayotgan saytimiz xodimlaridan biri

"Bavariya" - "CHelsi" 2:0

"Barselona" - "Napoli" 2:1

CHempionlar Ligasida kutilmagan hisob va sensaciyalar ko'payib ketdi, lekin bugungi bahslarda hech qanday syurprizlarni kutmayapman. Mezbonlar favorit va ular g'alaba qozonishadi deb o'ylayman.

Aziz To'xtamurodov — "Olamsport.com" sayti "motori"

"Bavariya" - "CHelsi" 2:3

"Barselona" - "Napoli" 3:0

Dastlabki uchrashuvdagi sharmandali hisobdan so'ng ushbu juftlikda kim g'olib bo'lishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. Ammo so'nggi paytlarda Lempard boshchiligidagi "CHelsi"ning namoyish etayotgan o'yinlari "aristokratlar" muxlislari uchun umid bag'ishlaydi. Tezkor gol orqali raqibni shokka tushirib qo'yish evaziga "CHelsi" o'ziga kerakli natijaga erishishi mumkin. Lekin Flikning "Bavariya"si qachon uchta yoki to'rtta to'p farqi bilan mag'lub bo'lganini eslay olmadim. Taxmin: 2:3.

"Barselona" bugun italyan klubini yirik hisobda mag'lub etish evaziga o'ziga kerakli natijani qayd eta oladi deb o'ylayman. Taxmin: 3:0.

Alisher Xolmatov —  saytimiz mushtariylari uchun hammadan ko'p qayg'uradigan tilla odam.

Bavariya - CHelsi 3:2

"Bavariya" dam olib, etarlicha kuch to'plab oldi. SHu tufayli myunxenliklarda g'alaba qozonish imkoniyati nisbatan ko'proq. O'ylaymanki, bu o'yin gollarga boy bo'ladi. 

Barselona - Napoli 3:1 

Messi anchadan beri ECHLda g'alaba qozona olmayapti. Buni amalga oshiradigan vaqt keldi. Ayni damda "Barselona" oliy maqsadiga erishishi uchun murabbiy halaqiq qilishi mumkin. Ammo jamoa "Napoli"ni engolmasa, uyat bo'lar.

Faxriddin Ro'ziev — saytimizning buxorolik ajoyib xodimi

Bavariya - CHelsi 3:3

Menimcha, "Alyanc Arena"da murosasiz o'yin bo'ladi. Ehtimol, "CHelsi"da keyingi bosqich yo'llanmasi uchun imkoniyat deyarli qolmagandir. Ammo "aristokratlar" ham mavsumdagi so'nggi o'yinlarini ko'tarinki kayfiyatda yakunlab, muxlislarini xursand qilishlari kerak. Gollarga boy, hujumkor o'yin kutyapman.

Barselona - Napoli 2:2

"Barselona" kuchli jamoa, lekin bugun kuchli bosim ostida qoladi, deb o'ylayman. CHunki barcha "ko'k-anorranglilar"dan g'alaba kutyapti. "Napoli" esa xotirjam o'ynaydi. Gattuzo shogirdlari ana shu xotirjamlik evaziga so'nggi yillardagi eng kuchsiz "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yuborishlari mumkin.

Alisher Ostonov — "Atletiko" va Diego Simeonening ashaddiy muxlisi, saytmizning kamgap xodimi

Bavariya - CHelsi 2:0

Barselona - Napoli 2:1

Bugun sensaciya kutmayapman. "CHelsi" kambek qilishiga 1 % ham ishonmayman. "Barselona" qiynalib yutadi, Grizmanndan gol uradi (chunki "Atletiko"ning sobiq o'yinchisi). SHuningdek, bugun Messidan ham ko'p narsa kutyapman. 

SHahboz Beg'amov — saytmizning yosh xodimlari, bazida ustozlarni ham tergab turadigan jonkuyar, tinim bilmas jurnalist

Barselona - Napoli 4:0

Hammasi Messiga bog'liq. Kayfiyati yaxshi bo'lsa va o'yini chiqsa, quyida taxminim katta ehtimol o'zini oqlaydi.

Bavariya - CHelsi 5:0

Bavariya uchun muhim o'yin. CHunki jamoa tanaffusga chiqib ketgandi va joriy mavsum uchinchi to'xtalishdan keyin restart olmoqda: qishda, karantin va Bundesliga tugagach 1 oy o'tib ECHL restarti. Bunaqasi bo'lmagan. Flikka bu qo'shimcha bosh og'riq. Jamoaning o'yin balansini yana qayta tiklash kerak. Qishdan keyin va karantin tugagach buni uddalagandi. Yana mahoratini ishga solishi kerak. Garchi ko'p narsa birinchi uchrashuvda hal bo'lgan bo'lsada, o'yin ritmiga tushib olish jihatidan muhim bellashuv. Foydali. CHelsiga hurmatni saqlagan holda, Bavariya imkoniyatlari baribir yuqori. O'yinga chanqoq Bavariya.

Narzulla Saydullaev — David Luizni yomon ko'radigan va saytimizda balansni ushlab turadigan haqiqiy jamoa sardori

Barselona - Napoli 2:0

Bavariya - CHelsi 3:1

Katta ehtimol bilan, keyingi bosqichda "Barselona" — "Bavariya" to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

Qadrli muxlis, siz qanday natija kutyapsiz? Bugun kambeklarga guvoh bo'lamizmi?

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика