Championat.asia xabari tasdiqlandi: Anvar Berdiev - "Turon" murabbiylar shtabida ish boshladi
05 iyu 2021 11:04
Yangiliklar
Championat.asia xabari tasdiqlandi: Anvar Berdiev - "Turon" murabbiylar shtabida ish boshladi
Faoliyati davomida “Nasaf", "Bunyodkor" va "Neftchi" kabi nomdor klublarda o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan taniqli mutaxassis Anvar Berdiev "Turon" klubi murabbiylar shtabida ish boshladi.
Istedodli murabbiy bugunga qadar "Istiqlol" va "Buxoro" klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan. SHuningdek Anvar Berdiev milliy chempionatlarimizda 500 tadan ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi sifatida tarixda qolgan. Berdiev jamoa hujum chizig'ini yanada kuchaytirish maqsadida klub tizimiga yordamchi murabbiy sifatida jalb etildi.
"Turon" futbol klubi barcha muxlislar nomidan Anvar Berdievning jamoadagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaydi. "Turon"ga xush kelibsiz Anvarbek Kurbonovich", - deb yozadi "Turon" matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, kecha championat.asia saytida Anvar Berdiev "Turon"da ish boshlashga yaqin ekanligi haqida xabar chiqqandi.
Fikrlar