So’nggi yangiliklar

13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  0 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  3 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  3 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  3

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda yilning eng yaxshilari va yil ramziy terma jamoasini aniqladi Yangiliklar

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda yilning eng yaxshilari va yil ramziy terma jamoasini aniqladi

Dunyoga mashhur Transfermarkt portali va Championat.asia sayti hamkorlikda 2021 yilning eng yaxshilarini aniqlashdi.

O'zbekistonning eng yaxshi ayol futbolchisi - Diyora Habibullaeva ("So'g'diyona-W")

"So'g'diyona-W" 2021 yilgi mavsumda ham O'zbekiston chempioni, ham mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Jamoa hujumchisi Diyor Habibullaeva bu yilgi O'zbekiston oliy ligasida 19ta o'yinda maydonga tushdi va 31ta gol urib to'purar bo'ldi. Kubok doirasidagi 3ta bahsda o'z hisobiga 4ta gol yozib qo'ydi. Bu yil chinakamiga Diyora Habibullaevaga atalgan yil bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.




O'zbekistonning eng yaxshi futzalchisi - Davron CHoriev (AGMK/"Xuaxin Jizzax")

O'tgan mavsumni AGMK safida o'tkazgan Davron CHoriev O'zbekiston vice-chempioni bo'ldi. Sentyabr oyida Litvada o'tgan Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etdi va 1ta gol urib, beshta golli pas berdi. Yaqinda boshlangan futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatini "Xuaxin Jizzax" safida boshladi. 




Superliganing eng yaxshi darvozaboni - Milan Mitrovich ("So'g'diyona")

"So'g'diyona" uchun 2021 yil tarixiy yilga aylandi. Jizzax klubi o'z tarixida ilk bor mamlakat chempionatida kumush medaliga sazvor bo'ldi. Ushbu katta g'alabada jamoa darvozaboni Milan Mitrovichning hissasi katta. Sababi serbiyalik posbon 19ta o'yinda maydonga tushdi va atigi 8ta gol o'tkzadi. 12ta bahsda raqiblar uning darvozasiga yo'l topa olishmadi. Daqiqalar bo'yicha hisoblasak o'rtacha har 214 daqiqada Mitrovich bitta gol o'tkazdi xolos.




Superliganing eng yaxshi yosh futbochlisi - Diyor Xolmatov ("Paxtakor")


19 yoshli yarim himoyachi bu yil "Paxtakor"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib ulgurdi. CHap qanot vakili mavsum davomida o'zining chaqqon harakatlari bilan jamoasiga muhim ochkolar qo'lga kiritilishida yordam berdi. Xolmatov 8-turda "Qo'qon-1912" darvozasiga gol urishga erishdi. Bundan tashqari mavsum davomida sheriklariga uch marta golli uzatmani amalga oshirdi.





Superliganing eng yaxshi futbolchisi - Dragan CHeran ("Paxtakor")

Tajribali futbolchi ketma-ket uchinchi mavsum O'zbekistonda to'purar bo'ldi. To'g'ri CHeran o'tgan yildagidek Superligamizni yondirmadi, lekin fakt faktligicha qoladi. Mavsum davomida Dragan 23ta uchrashuvda maydonga tushdi va gol+pas tizimida 20 ochko to'pladi (16ta gol va 4ta golli uzatma). CHeran ikkita dubl va bitta xet-trik qayd etdi.




O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")

Qarshining "Nasaf" klubi uchun 2021 yilgi mavsum unitilmas bo'ldi desak yanglishmaymiz. Jamoa OFK kubogida finalgacha etib bordi va Bahrayn klubiga yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Superligada so'nggi turga qadar medallar uchun kurashdi va oxirgi o'yindagi alamli mag'lubiyat tufayli chempionatni to'rtinchi o'rinda tugatdi. O'zbekiston kubogida esa "Nasaf" barchadan kuchli ekanligini ko'rsata oldi. Yarim finalda ham, finalda ham Berdiev jamoasi 10 kishi bo'lib qolganiga qaramay tarkib jihatdan o'zidan kuchli va tajribali bo'lgan raqiblarni mag'lub eta oldi. Yil boshida "Nasaf" oldiga aniq vazifa qo'yilgmaganini va o'tgan yilgi jamoadan 4 nafar asosiy futbolchilarning ketganini inobatga olsak Berdiev qisqa fursat ichida sovrinni qo'lga kirita oladigan jamoani tuza oldi.




Transfermarkt va Championat.asia talqiniga ko'ra yil ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Milan Mitrovich ("So'g'diyona")

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), SHerzod Azamov ("Paxtakor"), Luka CHermel ("So'g'diyona"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf")

Yarim himoyachilar: Erkin Baydullaev ("Qizilqum"), Marko Stanoevich ("Nasaf"), Azizbek Amonov ("Lokomotiv"), Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), Dragan CHeran ("Paxtakor")

Hujumchi: Husain Norchaev ("Nasaf")





Transfermarkt i Championat.Asia opredelili luchshix igrokov 2021

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика