So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Championat.asia talqini: Yilning eng yaxshi darvozaboni Abduvohid Nematov taqdirlandi Yangiliklar

Championat.asia talqini: Yilning eng yaxshi darvozaboni Abduvohid Nematov taqdirlandi

Championat.asia talqiniga ko'ra "Nasaf" klubi va O'zbekiston terma jamoasi posboni Abduvohid Nematov yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgandi.

Kechagi taqdirlash marosimidan so'ng Abduvohid Nematovga eksklyuziv maxsus sovg'asi hisoblangan esdalik albomi topshirildi. Ushbu albom faqat eng yaxshilarga topshirilmoqda. Oldinroq championat.asia talqiniga ko'ra eng yaxshi murabbiy SHota Arveladze, eng yaxshi futbolchi Jaloliddin Masharipov va to'purar Dragan CHeran ham ushbu albomni qabul qilib olgandi. So'nggi laureat yilning eng yaxshi yosh futbolchisi Husayin Norchaev ham tez orada saytimiz tomonidan taqdirlanadi. 



"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov bu yilni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. "Nasaf"ni o'z paytida Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, O'tkir Yusupov kabi posbonlar tark etgan bo'lishiga qaramay, klub darvozabondan qiynalib qolmadi. Bu yil esa Abduvohid yarq etib porladi. U bir nechta o'yinlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi, shuningdek "Qo'qon-1912" bilan kechgan bahsda Murod Xolmuhammedovning penaltidan yo'llagan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Nematov O'zbekiston milliy terma jamoasida ham debyut qilishga muvaffaq bo'ldi. Nematov chempionatda eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabon bo'ldi.

Abduvohid Rahimjon Davronov ("Mashal") va O'tkir Yusupov ("Navbahor") kabi posbonlarni ortda qoldirdi.  

Superligadagi statiskasi: 17 o'yin, 1465 daqiqa, 10ta gol o'tkazdi. 12ta quruq o'yin, 1ta penalti qaytardi.







Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика