So’nggi yangiliklar

15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  2 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  5 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  5 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  9 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  27 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  7 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5

"Championat.asia" nigohi Dubayga qaratilgan: "Al Nasr" - "Paxtakor" Yangiliklar

"Championat.asia" nigohi Dubayga qaratilgan: "Al Nasr" - "Paxtakor"

Bugun Dubay shahridagi "Al Maktum" stadionida "Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Biroz avval nihoyasiga etgan matbuot anjumanlarida dastlab "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze va jamoa himoyachisi Egor Krimec qatnashishdi. So'ngra esa "Al Nasr" ustozi hamda jamoaning asosiy hujumchisi Negroda jurnalistlar qarshisida paydo bo'lishdi.

Takidlash kerakki, har ikkala murabbiy o'zaro raqibga hurmatni saqlagan holda uchrashuvga jiddiy taraddud ko'rishayotganini malum qilishdi.

Xususan, Arveladze bir o'yinlik to'qnashuv doimo qiyin bo'lishini takidlab, tig'iz taqvimda sifatli futbol ko'rsatish talab etilishini yashirmadi. Qayd etish kerakki, "Paxtakor" uchun garchi mavsum endigina boshlangan bo'lishiga qaramasdan, jamoa ilk bellashuvda o'yin ritmini topib olganini qaysidir manoda isbotladi. Aynan o'sha o'yin ritmi ertaga ham "Paxtakor"ga juda zarur jihatga aylanadi.

Egor Krimec esa arab futboli, xususan amirliklar uslubi bilan yaxshi tanish ekanliklarini aytib o'tib, raqibning kuchli va kuchsiz taraflari haqida etarlicha tasavvur mavjudligi ularga qo'l kelishiga shama qildi.

Eslatib o'tish joizki, "Paxtakor" bugunga qadar jami 16 marotaba amirliklar jamoalari bilan to'qnash kelgan va ularning 10tasida g'alaba nashidasini surgan. SHuningdek, 3 uchrashuv durang bilan tugab, qolgan 2ta o'yinda amirliklarning qo'li baland kelgan.

BAAdagi o'yinlarda esa "Paxtakor"ning statistikasi quyidagicha: 8 o'yin, 5 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat.

"Paxtakor" ilk marotaba "Al Nasr" bilan duch kelmoqda. Bunga qadar "sherlar" mazkur jamoa qarshisidan chiqishmagan.

"Paxtakor"ning ertangi raqibi boshqa bir vakilimiz "Lokomotiv" bilan o'zaro tanish.

Qizig'i, "Al Nasr" ham hozircha o'zbek klublariga bo'y sunmagan. Jami 3 marotaba "Lokomotiv" bilan to'qnashgan "Al Nasr" 1 g'alaba va 2 durang qayd etgan.

Demak "Al Nasr"ni mag'lub etish payti etib kelgan. Bu ishni esa ertaga amirliklar bilan juda yaxshi tanish bo'lgan "Paxtakor" uddalashi nihoyatda muhim.

OCHL. SHota Arveladze: "Negredoga qarshi hushyor o'ynashga intilamiz"



Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Al Nasr" bosh murabbiyi Benyat San Xose ertaga ko'proq taktik o'yin guvohiga aylanishimizni takidladi. SHuningdek, ispaniyalik mutaxassis "Paxtakor"ni jamoaviy o'yinni nihoyatda yaxshi tashkillashtirishi uning etiborini tortgani haqida gapirdi. CHempionatdagi muvaffaqiyatsizlik tufayli esa jamoaning OCHLga bo'lgan etibori va maqsadi yanada jiddiylashtirilganiga alohida urg'u berdi.

Negredo esa "Paxtakor"ni etarlicha o'rganib chiqilganidan ko'ngli to'qligi va OCHLda avvalo guruh bosqichiga yo'llanma olib, keyinchalik musobaqa to'purarligi haqida o'ylashi mumkinligini aytdi.

SHu tariqa har ikkala jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumanlariga yakun yasaldi.

OCHL. Negredo "Al-Nasr" va "Paxtakor"ning imkoniyatlarini teng baholadi. Matbuot anjumani


Qayd etish kerakki, mahalliy OAV tomonidan ertangi uchrashuvga bo'lgan qiziqishni nihoyatda yuqori deb bo'lmaydi. Sababi, 14:30ga belgilangan matbuot anjumani biroz kech boshlandi. CHunki Arveladze va Krimec kelgan payt "Paxtakor" azolaridan boshqa hech kim yo'q edi. Keyinchalik jurnalistlarni kutish uchun chamasi 10 daqiqa sarflandi. SHundan so'ng 3-4 nafar qalam ahli anjumanga etib kelishdi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismi ham belgilangan muddatdan biroz o'tib start oldi. Benyat San Xose va Negredo ishtirokidagi anjumanda 5-6 nafar jurnalist qatnashdi. Garchi OAV vakillari kamchilik bo'lgan bo'lsada, mezbon jamoa ishtirokidagi konferenciya ancha uzoq davom etdi va samimiy ruhda o'tdi.


Hozircha voqealar rivoji shunday ko'rinishda davom etmoqda. Birozdan so'ng ertangi o'yin bo'ladigan "Al Maktum" stadioniga "Al Nasr" o'zining rasmiy mashg'ulotini o'tkazish uchun tashrif buyuradi. So'ngra esa mahalliy vaqt bilan 18:30da "Paxtakor" o'yinoldi rasmiy mashg'ulotiga kirishadi.

Tafsilotlar bilan esa doimgidek saytimizda tanishib borishingiz mumkin.

VIP sektor


OCHL pley-doirasidagi "Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuviga chiqarilgan chiptalar narxlari to'rt toifaga bo'lingan:

3-toifa: 10 dirham (chamasi 20 ming so'm)
2-toifa: 20 dirham (chamasi 40 ming so'm)
1-toifa: 50 dirham (chamasi 100 ming so'm)
VIP: 150 dirham (chamasi 300 ming so'm)

Birinchi toifa bilet olganlar uchun joylar.


Uchinchi toifa bilet olganlar uchun joy.


Malumot o'rnida: Toshkentdan ham bugun "Paxtakor" jamoasi muxlislar guruhi vakillari Dubay shahriga jamoani qo'llab-quvvatlash uchun etib kelishdi. SHuningdek, ertaga Dubayda istiqomat qilayotgan bir qator yurtdoshlarimiz Al Maktum" stadionida birgalikda "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishgan.


SHahboz Beg'amov, Dubay

FOTO  OCHL. "Al-Nasr" - "Paxtakor" o'yinidan oldingi matbuot anjumani

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика