So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

"Championat.asia" ekspertlari Superliganing bugungi 2 o'yinida eng yaxshilarni aniqlashdi Yangiliklar

"Championat.asia" ekspertlari Superliganing bugungi 2 o'yinida eng yaxshilarni aniqlashdi

Superliga bellashuvlari nihoyat qaytdi.

Bugungi har ikki o'yinda ham minimal hisob qayd etildi. Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" jamoasi o'z maydonida Baxtiyor Ashurmatov ustozligidagi "Qo'qon-1912"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Navoiyda esa Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi AGMK yangi bosh murabbiy Tachmurod Agamurodov qo'liga o'tgan "Qizilqum"ni taslim qildi - 1:0.

Har ikkala uchrashuv yakunlanganidan keyin "Championat.asia" ofisida odatdagidek "Tezkor studiya" tasvirga olindi.

Video "Tezkor studiya": "Bunyodkor" va AGMK g'alabaga munosibmidi? Abramov jamoasining muammosi nimada?

Unda oldin xabar berganimizdek yaqin o'tmishning ajoyib futbolchilaridan biri Leonid Koshelev ekspert sifatida qatnashdi. Dastur davomida saytimiz tahlilchilari Leonid Koshelev va Tolibjon Qosimov har ikkala bahsning eng yaxshi o'yinchilarini aniqlashdi.

Professionallik sari qadam — mashhur yulduzlar «CA» va «Tezkor Studiya»da ekspert sifatida ish boshlaydi


"Bunyodkor" - "Qo'qon1912" (1:0) uchrashuvida eng yaxshi futbolchi deb bir ovozdan "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Rasul Yo'ldoshev tan olindi. Bugun 90 daqiqa to'p tepgan Yo'ldoshev juda yaxshi taassurot qoldirdi va maydon markazi to'lig'icha jamoasi nazoratida bo'lishida katta hissa qo'shdi.



"Qizilqum" - AGMK (0:1) bellashuvida ham Koshelev va Qosimov olmaliqliklar vingeri Elguja Grigalashvilini eng yaxshi deb topishdi. Gruziyalik o'yin davomida juda faol bo'ldi va juda muhim 3 ochkoni olib berdi.



Sizningcha, bugungi ikki uchrashuvda kim eng yaxshi o'yinchi bo'ldi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика