CHalxanoglu "Milan"ning 3 o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin
21 okt 2020 11:23
Yangiliklar


CHalxanoglu "Milan"ning 3 o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin
"Milan" xavbeki Xakan CHalxanoglu mashg'ulotlarda jarohat oldi.
Turkiyalik futbolchi to'pig'idan jarohat oldi va "rossonerilar" bazasini qo'ltiqtayoqda tark etdi. O'yinchining tiklanishi 10 kun atrofida vaqtni oladi.
Qayd etish kerakki, CHalxanoglu "Milan"ning keyingi uch o'yinini o'tkazib yuboradi: Evropa Ligasi doirasidagi "Seltik" va "Sparta" (Praga), A Seriya doirasidagi "Roma"ga qarshi o'yin.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Milan" 2017 yilda "Bayer"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar