So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

"Chacha Navruz Cup"-2018. Birinchi yirik musobaqa o'z yakuniga etdi Yangiliklar

"Chacha Navruz Cup"-2018. Birinchi yirik musobaqa o'z yakuniga etdi

To'rt kun mobaynida bolalarga xushkayfiyat ulashgan "Chacha Navruz Cup"-2018 futbol musobaqasi bugun o'z nihoyasiga etdi.

Xabar berib o'tganimizdek, 68ta jamoa ishtirok etgan mazkur musobaqa yosh futbolchilar uchun haqiqiy bayram havosini ulashdi. Bunda bo'lajak yulduzlar bo'lib o'tgan o'yinlarda zavq olish bilan birga katta tajriba to'plashdi.

Aytish joizki, bunday yirik festival Toshkent shahar futbol federaciyasi tomonidan ilk marta tashkil qilindi. Musobaqada poytaxt jamoalaridan tashqari, qo'shni Qozog'iston Respublikasidan vakil, shuningdek o'zimizning vodiydan, Samarqand, Qarshi, Navoiy va Jizzaxdan ham jamoalar ishtirok etishdi.

2006 yilda tug'ilgan futbolchilar musobaqa shaklida o'yinlarni o'tkazgan bo'lsa, 2007, 2008, 2009 va 2010 yillarda tug'ilgan futbolchilar uchun "Chacha Navruz Cup"-2018 festival tartibida o'tkazildi. 2006 yilgi futbolchilar o'rtasidagi yarim final va final bahslari juda qizg'in kechdi. Yarim finalda "Bunyodkor" "Navbahor"ni mag'lub etgan bo'lsa, "Paxtakor" (Toshkent) Surxondaryoning "Paxtakor" jamoasidan ustun keldi.

"Bunyodkor" stadioni hududidagi maydonda yarim finallardan so'ng dastlab 3-o'rin uchun bahs o'tkazildi. Bunda "Navbahor" futbolchilari Surxondaryo jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Hal qiluvchi final o'yinida esa Toshkentning ikki klubi - "Paxtakor" va "Bunyodkor" tarbiyalanuvchilari o'zaro bahs olib borishdi. Murosasiz kurashlar ostida kechgan uchrashuvda "Bunyodkor" 3:2 hisobida raqibidan ustun keldi. SHu tariqa "Bunyodkor" tarbiyalanuvchilari "Chacha Navruz Cup"-2018 musobaqasi g'olibligini qo'lga kiritishdi.

O'yinlar yakuniga etgach, dastlab 2007 va 2008 yillarda tug'ilgan futbolchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Aytish mumkinki, bunda barcha jamoalarga medallar va kubok topshirildi. Musobaqa g'olibini taqdirlash marosimi esa nihoyatda qiziqarli kechdi. Dastlab festivalni o'tkazishda yaqindan yordam bergan insonlarga maxsus diplomlar hamda musobaqa homiylari va hamkorlari "Chacha" va "Tudor" savdo belgisi vakillari tomonidan estalik sovg'alar topshirildi.

G'olib jamoa "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarini taqdirlash esa tadbirning eng kulminacion voqeasi bo'ldi. Toshkent shahar futbol federaciyasi vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev g'olib jamoaga bosh sovrin kubokni topshirayotgan mahal maydon bo'ylab mashhur Queen guruhining eng mashhur qo'shig'i We are the Champions yangrab turar, bu esa nafaqat bolakaylarning, balki atrofdagilarning ham qalbini o'ynatib yubordi.

Jamoa sardori kubokni boshi uzra ko'tarishi hamonoq ikki yondan zarlar salyuti boshlandi. Xuddi CHempionlar ligasi finalida bo'lgani kabi. Ochig'i, musobaqaning bunday yakunini hech kim kutmagandi. Yosh "qaldirg'ochlar" chempionlikni maza qilib nishonlashdi. Ular maydon bo'ylab kubokni ko'targan holda yugurar, atrofda yig'ilgan tomoshabinlar hamda ota-onalar chempionlarni tinmay suratga tushirishardi.

Aytib o'tganimizdek, bunday yirik turnir birinchi bor tashkil etildi. Bu musobaqadan eng avvalo bolajonlar olam-olam zavq olishdi. SHu o'rinda turnir yuqori saviyada o'tishini taminlashda o'zining hissasini qo'shgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildirib qolamiz. O'ylaymizki, bunday musobaqalar hali ko'p bo'ladi va bu kabi turnirlar yurtimizda bolalar futboli rivoj uchun xizmat qiladi.      

2006 y. 1/2 final. 27 mart
"Bunyodkor" - "Navbahor" 2:0
"Paxtakor" (Toshkent) - "Paxtakor" (Surxondaryo) 3:0

3-o'rin uchun. "Navbahor" - "Paxtakor" (Surxondaryo) 2:1
FINAL. "Bunyodkor" "Paxtakor" (Toshkent) 3:2

2007 y. 4-o'yin kuni. 27 mart
“Oldja Sports” – «Navbahor» 0:6
IBO'SM  – Bekobod 0:0
«Bunyodkor» – Buxoro 3:0
«Odil Junior-T» – «Paxtakor» 4:0
«Odil Junior-N» – Samarqand 0:4
«Qo'qon-1912» – BO'SM 1:0
"Kosonsoy" - «Farovon» 2:0
«Barkamol avlod» - "Uchko'prik" 0:3

2008 y. 4-o'yin kuni. 27 mart
«Paxtakor» – «Navbahor» 4:0
«Odil Junior» - «G'allaorol» 5:0
SSHI – Uchko'prik 1:2
«Bunyodkor» – «Do'stlik» (Marg'ilon) 3:0
BO'SM (CHust) – Sergeli 2:0
«Spartak» 1 – Buxoro 3:1
«Spartak» 2 – «Qo'qon-1912» 4:1
IBO'SM – Andijon FK 3:0

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика