So’nggi yangiliklar

22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  0 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  55 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6

"ChaCha Mustaqillik kubogi-2018". "Paxtakor" - chempion! Yangiliklar

"ChaCha Mustaqillik kubogi-2018". "Paxtakor" - chempion!

2007 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi "ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" musobaqasida "Odil Junior" futbolchilari zafar quchgani haqida xabar bergandik.

Ushbu musobaqadagi eng katta yosh 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi kurashda esa "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

"Milliy" stadion hududidagi maydonda bo'lib o'tgan final o'yinida "Paxtakor" "Odil Junior"ga qarshi bahs olib bordi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. SHundan so'ng musobaqa reglamentiga ko'ra penaltilar seriyasiga navbat etib keldi. Bunda omad yosh "paxtakorchilar" tomonida bo'lib, ular 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

3-o'rin uchun kechgan bahsda esa BO'SM-16 "Lokomotiv" tarbiyalanuvchilarini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Bunda turnir bosh homiylari "ChaCha" va "Tudor" savdo belgilari tomonidan esdalik sovg'alar bolakaylarga topshirildi. SHuningdek, har bir chiziq bo'yicha eng yaxshilar ham aniqlandi.

"ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" musobaqasining eng yaxshilari:

"Eng yaxshi darvozabon" - Botir Sultonov ("Odil Junior")
"Eng yaxshi himoyachi" - Saloh Tursunov ("Paxtakor")
Eng yaxshi yarim himoyachi - SHuhrat Abduxalilov ("Lokomotiv")
Eng yaxshi hujumchi - Mirmaqsud Mirusmonov (BO'SM-16)
"Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi" - Danil Panfyorov ("Odil Junior")

SHuningdek, final uchrashuvining "Eng yaxshi futbolchisi" deb "Paxtakor" darvozaboni Diyor To'laganov topildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика