So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  2 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

"CA"ning tug'ilgan kunida Kapadze va Ahmedov jamoalari xayriya o'yinda bahs olib boradilar Yangiliklar

"CA"ning tug'ilgan kunida Kapadze va Ahmedov jamoalari xayriya o'yinda bahs olib boradilar

Sog'lig'ida muammo yuzaga kelgan Hasanjon Ergashevga moddiy yordam berish maqsadida, navbatdagi xayriya akciyamiz haqida elon beramiz.

Yurak parogi hastaligi bilan og'riyotgan Hasanjon Ergashevga davlatimiz tomonidan bepul tibbiy xizmat ko'rsatib kelinyapti. Uning sog'ayib ketishi uchun esa Hindistonda operaciya qilinishi kerak. Egizagi Husanjon Ergashev go'dakligida hayotdan ko'z yumgan.

Turli saytlarda Ronaldo, Zidan, Bekxem va Figu kabi futbol yulduzlarini xayriya shou o'yinlarini o'tkazishlari haqida ko'p bora o'qiymiz. Baxtimizga, bizning futbolchilarimiz ham mana shunday tadbirlarni beetibor qoldirmaydilar.

SHuning uchun, bu safargi tug'ilgan kunimiz Hasanjonga bag'ishlanadi va unda Temur Kapadzening do'stlari, Odil Ahmedovning do'stlariga qarshi bahs olib boradilar. Hayriyadan tushadigan barcha pullar bemorga taqdim etiladi. Agar sog'lig'i ko'tarsa, uchrashuvdagi ilk to'pni aynan Hasanjon va uning 4 yoshli ukasi Imombek maydonga kiritib berishadi.

Uchrashuv 23 dekabr kuni Toshkentdagi "O'zbekiston" sport arenasida, soat 12:00da boshlanadi. Unda saytimiz o'quvchilari ham tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin. Tanaffus paytida saytimiz o'quvchilari uchun shou o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Hozircha loyihamizni "Lokomotiv" futbol jamoasi va O'zbekiston Futzal Associaciyasi qo'llab-quvvatladilar. O'z navbatida boshqa klublardan ham loyihada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.

P.S: SHu kunlarda Hasanjon uchun maxsus hisob raqami ochiladi. Telefon raqamlari haqida ham shundan keyin batafsil malumot beramiz.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика