So’nggi yangiliklar

23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  0 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  8 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  17 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  1 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  4 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  33 17:49"Пахтакор" стадионининг айни пайтдаги ҳолати  16 17:20Шота Арвеладзе: "Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига чиққан Ўзбекистон терма жамоасини табриклайман!"  9

"CA"ning navbatdagi festivali 15-16 oktyabr kunlari To'raqo'rg'onda Yangiliklar

"CA"ning navbatdagi festivali 15-16 oktyabr kunlari To'raqo'rg'onda

Kuni kecha 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida "Oltin kuz"-2016 festivalini tashkil etgan saytimizning keyingi musobaqasiga To'raqo'rg'on mezbonlik qiladi.

Saytimiz orqali Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida "Odil Junior" futbol maktabining ochilgani haqida xabar bergandik. 

SHu munosabat bilan "Kelajak yulduzlari" II futbol festivalining 2016 yildagi dastlabki musobaqasini "Odil Junior" bilan hamkorlikda shu hududda o'tkazadigan bo'ldik.

"Kelajak yulduzlari" futbol festivali 2015 yil Toshkent shahrida bo'lib o'tgan edi. Unda 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar qatnashganlar. Bu yil "Kelajak yulduzlari" ikki bosqichda o'tkaziladi. Vodiydagi turnir birinchi bosqich hisoblanadi. 



2006 yilda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etishadi:

1. "Odil Junior" (To'raqo'rg'on)

2. "Navbahor" (Namangan)

3. "Yoshlik" (BO'SM, To'raqo'rg'on)

4. "BFK Asia" (Andijon)

5. "Istiqlol" (BO'SM-2, Namangan)

6. "Do'slik" (BO'SM-1, Marg'ilon)

Musobaqa taqvimi:

15 oktyabr. 1-tur.

09:00. "Odil Junior" - "Istiqlol"

10:00. "Navbahor" - "Do'stlik" 

11:00. "BFK Asia" - "Yoshlik"

15 oktyabr. 2-tur.

12:00. "Odil Junior" - "Navbahor"

14:00. "Do'stlik" - "BFK Asia"

15:00. "Yoshlik" - "Istiqlol"

16 oktyabr. 3-tur.

10:00. "Navbahor" - "Yoshlik" 

11:00. "Odil Junior" - "BFK Asia"

12:00. "Istiqlol" - "Do'stlik" 


"Bu "Championat.asia" sayti bilan o'tkazadigan ilk musobaqamiz bo'ladi. So'nggi yillarda saytning bolalar futboliga qaratayotgan etibori tahsinga loyiq. Namanganda o'tkazilgan "Odil Cup"-2016 musobaqasini yosh futbolchilardan tashqari muxlislar ham eslab yurishibdi. "Kelajak yulduzlari"ning vodiydagi qismi ham qiziq o'tishi tabiiy. Odil bilan hamkorlikda vodiy futboli yo'lida katta loyihaga qo'l urish arafasida turibmiz. Bu borada bizni qo'llab-quvvatlayotganlarga rahmat. Festivalning aynan shu sanaga belgilashimiz sabablari bor. Avvalo birinchi kungi o'yinlardan keyin yosh futbolchilarni "Navbahor" - "Buxoro" o'yiniga taklif qilamiz. 15 oktyabr kuni Farg'onada to'p tepadigan "Paxtakor"ning aksar etakchi futbolchilari, 16 oktyabr kuni turnirimizning yopilish marosimiga keladilar. Hozircha nomlarni oshkor etmay turamiz, bu ukalarimizga sovg'a bo'lsin", - deydi "Odil Junior" (To'raqo'rg'on) rahbari Sodiq Ahmadaliev.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика