Qirg'iziston bosh murabbiyi: "Bugun teng kuchga ega jamoalar to'qnash keldi"
30 jan 2023 16:00
Yangiliklar
Qirg'iziston bosh murabbiyi: "Bugun teng kuchga ega jamoalar to'qnash keldi"
Bugungi kun doirasidagi dastlabki o'yinda Qirg'iz Respublikasi Tojikistonga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va guruhdagi barcha o'yinlarni yutqazgan qirg'izistonliklar esa oxirgi pog'onaga joylashdi.
Uchrashuvdan keyin Qirg'iziston bosh murabbiyi Oleg Gevlenko fikrlarini bildirdi.
"Bugun teng kuchga ega jamoalar to'qnash keldi. G'alaba qozonishni xohlagandik, ammo bunga erisha olmadik. Qizlarimiz aksariyat taktik ko'rsatmalarni bajarishmadi. Lekin etiroz yo'q. Demak, qaerdadir kamchilikka yo'l qo'yganmiz va o'rganmagan jihatlarimiz bor.
Biroz xafaman, lekin hayot davom etadi. Buyog'iga kamchiliklar ustida ishlab, keyingi musobaqalarda ijobiy natija qo'lga kiritishga urinamiz. Barcha muxlislarga rahmat. Mehmondo'st Toshkentga minnatdorlik bildiraman", – dedi qirg'izistonliklar ustozi.
Fikrlar