CAFA Women’s Championship 2018: Bugun musobaqaning so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi
01 dek 2018 11:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465189_original.jpg)
![](/upload/storage/465189_220.jpg)
CAFA Women’s Championship 2018: Bugun musobaqaning so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi
5-tur uchrashuvlarining dastlabkisida Afg'oniston terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvni qirg'izistonlik Veronika Bernandskaya boshqarib boradi. Unga qanotlarda Jibek Oqil qizi va Malika Qodirova yordam berishadi. Zaxiradagi hakam – Jaleh To'fonpur (Eron).
Kunning ikkinchi o'yinida Eron terma jamoasi Qirg'iziston bilan kuch sinashadi. Uchrashuvni o'zbekistonlik Husnora Jumaeva boshqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandra Konchikova va Xayriniso Erkinovalar yordam berishadi. Zaxira hakami – Habiba Rabaviketab (Eron).
Barcha o'yinlar Toshkentdagi “Milliy” stadionda bo'lib o'tadi. O'yinlardan so'ng stadionda g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.
«CAFA Women’s Championship 2018»
1 dekabr, shanba
13:00 Afg'oniston - Tojikiston
16:00 Eron – Qirg'iziston
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar