CAFA U-19 Championship 2022. Bugun O'zbekiston oxirgi turni autsayderga qarshi o'tkazadi (+jadval)
12 avg 2022 09:35
Yangiliklar


CAFA U-19 Championship 2022. Bugun O'zbekiston oxirgi turni autsayderga qarshi o'tkazadi (+jadval)
Tojikistonda bo'lib o'tayotgan 19 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi halqaro musobaqa bugun o'z nihoyasiga etadi.
5 ochko bilan 3-o'rinda turgan O'zbekiston oxirgi pog'onadagi Afg'onistonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.
Mezbon va jadvalda peshqadamlik qilayotgan Tojikiston esa Eron bilan o'ynaydi. Ushbu uchrashuv 21:00 ga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov shogirdlari dastlabki ikki turda Eron (2:2) hamda Qirg'iz Respublikasi (0:0) bilan durang o'ynadi, keyin esa tojikistonliklarni yirik (3:0) hisobda mag'lub etdi.
1. Tojikiston – 7 ochko (+2 to'plar farqi)
2. Eron – 5 ochko (+4)
3. O'zbekiston – 5 ochko (+3)
4. Qirg'iz Respublikasi – 5 ochko (-1)
5. Afg'oniston – 0 ochko (-8)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar