CAFA U-16 Championship. O'zbekiston Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi, Saidovdan xet-trik!
20 may 2022 21:59
Yangiliklar


CAFA U-16 Championship. O'zbekiston Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi, Saidovdan xet-trik!
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida "CAFA U-16 Championship 2022" musobaqasi davom etmoqda.
Bugun vakillarimiz qirg'izistonliklarga qarshi bahs olib borib, Amirbek Saidovning 3 ta to'pi evaziga 3:2 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi.
Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston 2:3
Gollar: Munarbek Kuvatbekov penalti 8', Amirbek Saidov 11', 24' 75', Bail Tursunaliev 21'.
O'zbekiston U-16 tarkibi: Muhammadyusuf Sobirov, Lazizbek Mirzaev, SHerzodbek Abdulboriev, Daniil Parfyonov, Behruz Jumatov, Azizbek Tulqinbekov, Behruz SHukrullaev, Amirbek Saidov, Zikrilloxon Muxtorov, SHodiyor SHodiboev, Olllobergan Karimov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar