So’nggi yangiliklar

10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   0 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  10 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  2 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  5 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  10 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  5 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  3 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  14 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  4 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  2 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  2

“CAFA U-16 championship” musobaqasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

“CAFA U-16 championship” musobaqasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Markaziy Osiyo futbol associaciyasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan “CAFA U-16 championship” musobaqasiga bu yil Toshkent shahri mezbonlik qildi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston, Afg'oniston, Tojikiston hamda Qirg'izistonning 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqaga barcha terma jamoalar o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda tashrif buyurishganini murabbiylar shtabi o'yinlar oldidan muxlislarga eslatib turishdi. Bir biridan murosasiz kechgan bahslarda Usmon Toshev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi mazmunli o'yin ko'rsatib, barcha mehmon jamoalar ustidan yirik g'alabalarga erishdi.

Bugun turnirning so'nggi o'yinlari nihoyasiga etgach, yopilish hamda taqdirlash marosimlari bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida Markaziy Osiyo futbol associaciyasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonov, OFK vakili Vohid Kardani, PFL Bosh direktori Omon G'ofurov, O'FA Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, O'FA va MOFA mutasaddilari hamda boshqa martabali mehmonlar ishtirok etishdi.


Umid Ahmadjonov musobaqa g'olibiga hamda ishtirokchilarga kubok hamda medallarni topshirar ekan, barcha jamoalarni chiroyli o'yin hamda ijobiy natijalar bilan qutlab, ularga kelgusi musobaqalarda omad tiladi. SHuningdek, mehmon jamoalar murabbiylari musobaqani yuqori darajada tashkil etgani uchun MOFA Prezidenti hamda boshqa mutasaddilarga minnatdorchilik izhor qilishdi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика