“CAFA U-16 championship-2019”. O'zbekiston ikkinchi o'rinni egalladi
02 avg 2019 09:36
Yangiliklar


“CAFA U-16 championship-2019”. O'zbekiston ikkinchi o'rinni egalladi
O'zbekiston U-16 terma jamoasi 26 iyul – 1 avgust kunlari oralig'ida Tojikistonda “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasida ishtirok etdi.
O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg'oniston va Qirg'izistonning o'smirlar terma jamoalari qatnashgan musobaqada bugun so'nggi tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 5-turda turkmanistonlik tengqurlariga qarshi bahs yuritib, 4:0 hisobida g'alaba bilan yakunladi.
Yakunda esa Azamat Abduraimov shogirdlari 10 ochko jamg'argan holda musobaqada 2-o'rinni egalladi. Musobaqa mezboni Tojikiston o'smirlari 13 ochko bilan chempion bo'lishdi.
5-tur / 1 avgust (payshanba)
O'zbekiston – Turkmaniston 4:0
O’xshash yangiliklar

Fikrlar