So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  10 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

CAFA Nations Cup 2023. Tojikiston terma jamoasi qaydnomasi malum Yangiliklar

CAFA Nations Cup 2023. Tojikiston terma jamoasi qaydnomasi malum

Xorvatiyalik mutaxassis Petar Segrt boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi murabbiylar shtabi Markaziy Osiyo futbol associaciyasi shafeligida 10-20 iyun kunlari bo'lib o'tadigan "CAFA Nations Cup 2023" musobaqasi uchun terma jamoa tarkibini elon qildi.

Markaziy Osiyo futbol associaciyasining Millatlar Kubogiga tayyorgarlik ko'rish va ishtirok etish uchun Tojikiston terma jamoasi tarkibiga 26 nafar futbolchi – 3 nafar darvozabon, 10 nafar himoyachi, 9 nafar yarim himoyachi va 4 nafar hujumchi kiritilgan.

Tojikiston terma jamoasi 29 may, dushanba kuni Dushanbe shahrida "CAFA Nations Cup 2023" turniriga tayyorgarlikni boshlaydi. 31 may, chorshanba kuni terma jamoamiz Toshkentga yo'l oladi va musobaqa oldidan yig'in o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Markaziy Osiyo futbol associaciyasining Millatlar kubogida Tojikiston terma jamoasi "A" guruhida ishtirok etadi. Jamoaning raqiblari Turkmaniston (11 iyun), Ummon (14 iyun) va O'zbekiston (17 iyun) terma jamoalari bo'ladi.

Tojikiston terma jamoasining "CAFA Nations Cup 2023" musobaqasi uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Rustam Yatimov, Muhriddin Hasanov (ikkisi – "Istiqlol"), SHohruh Qirg'izboev ("Xo'jand");

Himoyachilar: Vaxdat Xanonov ("Persepolis", Eron), Axtam Nazarov ("Andijon", O'zbekiston), Zoir Jo'raboev ("Neftchi", O'zbekistan), Manuchehr Safarov ("Lokomotiv", O'zbekiston), Mexrubon Karimov ("Samgurali", Gruziya), Siyovush Asrorov, Tabrez Islomov, Daler Imomnazarov, Sodiqjon Qurbonov (barchasi – "Istiqlol"), Xolmurod Nazarov ("Ravshan");

Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev ("CSKA-1948", Bolgariya), Amirbek Jo'raboev ("Kedax", Malayziya), Muhammajon Rahimov ("Nasaf", O'zbekiston), Komron Tursunov (TRAU, Hindiston), Xusrav Toirov ("SHaxtyor", Ukraina), Murodali Aknazarov ("Antalyaspor", Turkiya), Alisher Jalilov, Ehsoni Panshanbe, Alijoni Ayni (barchasi – "Istiqlol");

Hujumchilar: Manuchehr Jalilov, SHervoni Mabatshoev (ikkisi – "Istiqlol"), Nuriddin Hamrokulov ("Regar-TadAZ"), Muhammadali Azizboev ("Xosilot").

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика