So’nggi yangiliklar

21:15"Динамо" – "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  14 21:10"Реал" ёки ПСЖ эмас. Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати фаворитининг номи айтилди  0 20:45Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  8 20:43Расман: "Атлетико" Баэнани "Вильярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Осиё Кубоги саралаши. Лаос - Ўзбекистон (онлайн ҳисоб)  1 20:19Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  0 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  2 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  17 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  12 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  3 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  10 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  6

"CAFA Nation's Cup-2023". O'zbekiston SHomurodovning dubli evaziga Turkmanistonni mag'lub etdi Yangiliklar

"CAFA Nation's Cup-2023". O'zbekiston SHomurodovning dubli evaziga Turkmanistonni mag'lub etdi

"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvi yakunlandi.

"CAFA Nation's Cup-2023", 2-tur

Turkmaniston – O'zbekiston - 0:2

14 iyun 2023 yil. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20:30.

Hakamlar: Nurzatbek Abdikadirov (Qirg'iziston), Sergey Grishchenko (Qirg'iziston), Sarvari Mohd SHarif (Eron), Akrami Hasan (Eron)

Komissar: Jamali Omid (Eron)

Gollar: 0:1 - 52, Eldor SHomurodov (Hojimat Erkinov), 0:2 - 86, Eldor SHomurodov (Jamshid Iskanderov)

O'zbekiston - 12.Abduvohid Nematov, 5.Abduqodir Husanov, 7.Otabek SHukurov, 10.Jaloliddin Masharipov (8.Jamshid Iskanderov, 73), 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Eldor SHomurodov (Bobir Abdixoliqov, 90+2), 15.Umarbek Eshmurodov, 17.Sardor Sobirxo'jaev (11.Oston O'runov, 46), 19.Azizbek Turg'unboev (25.Xojimat Erkinov, 46), 20.Akmal Mozgovoy (9.Odiljon Hamrobekov, 46), 22.Dilshod Saitov (3.Hojiakbar Alijonov, 65).
Zaxira: 1.O'tkir Yusupov, 16.Botirali Ergashev, 18.Abdulla Abdullaev, 26.Abbosbek Fayzullaev, Jamshid Boltaboev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev.

Turkmaniston - 1. Rasul CHariev, 8. Ahmet Ataev, 2. Guychmurat Annaguliev, 3. Yilas Toyjanov, 4. Mekan Saparov, 6. Ibraim Mammedov, 10. Resul Hojaev, 15. Abdi Bashimov, 17. Altinmurat Annadurdiev, 18. Yilas Saparmammedov, 24. SHanazar Tirkishov.

Zaxira: 5.Ata Geldiev, 7.Arslanmurat Amanov, 9.Murat Annaev, 11.Didar Durdiev, 12.Batir Babaev, 13.Velmurat Ballakov, 14.Meylis Diniev, 16.Dovletyar Berdiev, 20.Begimurat Bayov, 21.Arzuvguli Saparguliev, 23. Teymur CHariev, 25. Mirza Beknazarov.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! Bizni kuzatib borgan barchaga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

90+3. Iskanderov Instagram storisida aylanadigan harakat amalga oshirdi. 

90+2. Terma jamoamiz tarkibida o'zgarish: SHomurodov o'rniga Abdixoliqov uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! SHomurodovvvvvvvvvvvvvvv!!! Dubl!!! Terma jamoamiz sardori ikkinchi golni bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan taniqli sharhlovchi Davron Fayzievga bag'ishladi. 

85. Bizga ko'proq gol, raqibimizga ko'proq shifokor kerak.

83. Terlagan bo'lsa ham himoyachimizning peshonasidan o'pib qo'yish kerak. 

80. Uxx! Sal qolsa, uchinchi x harfi ham qo'shilardi. Turkmanistonlik futbolchilar ikki marta darvozamiz bilan (darvozabon emas) tennis o'ynadi. Ketma-ket ikki zarbaga ham darvoza ustuni javob qaytardi.

14410 tomoshabin bugungi uchrashuvga tashrif buyuribdi. Qolganlar Sport telekanalidan umidvor.

75. O'zbekistonning shimoliy-sharqiy nuqtasidagi stadionning shimoliy-sharqiy burchagidan standart amalga oshirdik.

73. O'zgarish: Iskanderov Masharipovni almashtirdi.

69. SHomurodov qarshi hujumda ajoyib tarzda raqibidan qochib ketdi, uning zarbasidan so'ng darvozaga kirishni istamagan to'p qochib ketdi. 

65. Terma jamoamiz tarkibida o'zgarish: Alijonov Saidovni almashtirdi.

59. Qo'shnilarimiz shiddat ko'rsatishmoqda. Ketma-ket hujumlardan so'ng burchak zarbasi ishlab olishdi.

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Erkinovning o'ng qanotdan uzatgan pasidan keyin SHomurodov o'zi qilishi lozim bo'lgan ishni ajoyib tarzda amalga oshirdi. Hujumchimiz golini 1 yoshga to'lgan qiziga bag'ishladi.


50. Oston O'runovning zarbasi darvoza to'sini va ustuni tutashadigan nuqtaga tegib, maydonni tark etdi. 

46. Terma jamoamiz tarkibida o'zgarishlar; Sobirxo'jaev o'rniga O'runov, Turg'unboev o'rniga Hamrobekov, Mozgovoy o'rniga Erkinov maydonga tushirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Aytgancha, stadionda joy etarlicha.

45+2. Nematov bokschilardan kam bo'lmagan kuch bilan burchakdan uzatilgan to'pni nokdaunga uchratdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Statistikaga qarab qo'yish kerak, bugun qo'shnilarimiz shifokorlari kamida jamoa darvozabonidan ko'proq masofani bosib o'tishdi.

42. Turkmanistonlik futbolchining qanotdan uzatgan to'pini golga aylanishi uchun Ibragimovich futbolga qaytishi talab etiladi.

40. ZARBA! Turg'unboev peshonasi bilan raqib darvozasining peshonasini nishonga oldi.

38. Xavfli vaziyat! SHomurodov boshlagan hujumni Mozgovoy davom ettirdi, uning uzatmasidan keyin Rasul CHariev suvga kalla tashlagandek otildi.

35. Turkmanistonlik himoyachi SHomurodovning yuzini nishonga oldi. Hujumchimiz esa hali ko'rsatib qo'yaman degandek bosh irg'adi.

32. Hakam to'qqiz qadam olg'a yurib, raqib futbolchisiga qimirlamaslikni buyurdi. O'zbekiston termasining standartini esa himoyachilar bartaraf etishdi. 

27. SHomurodov o'yindan tashqari holatda raqib darvozasini ishg'ol qildi.

21. Nasrullaevning zarbasi raqib himoyachisining beli og'rishiga hamda yurtdoshlarimizning burchak to'pi ishlashiga sabab bo'ldi.

19. UXXXX! Turkmanistonning xavfli hujumi! Abduvohid Nematovdan seyv!

18. ZARBA! SHomurodovning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib maydonni tark etdi!

17. Azizbek Turg'unboev hozir shifokorlardan yordam olmoqda

15. Turkmanistonning hujumini SHerzod Nasrullaev qaytarishga erishdi.

15. Eldor SHomurodov faol o'ynamoqda

5. O'yinda tashabbus O'zbekiston tomonida

2. Turkmanistonning hujumi, chap qanotdan oshirilgan to'pga Nematov birinchi etib keldi

1. Ilk hujum, Nasrullaevning jarima maydoniga uzatgan to'pni Rasul CHariev ushlab oldi

1.O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:30da boshlanadi.

Reyting: -70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика