So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"CAFA Nation's Cup-2023". O'zbekiston O'mon ustidan yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

"CAFA Nation's Cup-2023". O'zbekiston O'mon ustidan yirik g'alabaga erishdi

"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston - O'mon uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


"CAFA Nation's Cup-2023", 1-tur
O'zbekiston - O'mon - 3:0 
11 iyun 2023 yil. Toshkent, "Bunyodkor" stadini. 20:30.
Hakamlar
: Dairbek Abdilaev, Sergey Grishchenko, Eldiar Salibaev, Nurzatbek Abdikadirov (barchasi Qirg'iz Respublikasi).
Nazoratchi: Safiri Ismoil (Eron).
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iz Respublikasi).

Gol: Jaloliddin Masharipov 7, - 1:0 (jarima to'pi). Jaloliddin Masharipov 24, - 2:0 (Farruh Sayfiev). Hojiakbar Alijonov 89, - 3:0 (Hojimat Erkinov).

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 10.Jaloliddin Masharipov (25.Hojimat Erkinov, 60), 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiev (5.Abduqodir Husanov, 83), 7.Otabek SHukurov, 8.Jamshid Iskanderov (17.Sardor Sobirxo'jaev, 60), 9.Odiljon Hamrobekov (23.Jasurbek Yaxshiboev, 73), 11.Oston O'runov (26.Abbosbek Fayzullaev, 73), 13.SHerzod Nasrullaev, 15.Umarbek Eshmurodov, 18.Abdulla Abdullaev.
Zaxira: 2.Alibek Davronov, 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 19.Azizbek Turg'unboev, 20.Akmal Mozgovoy, 22.Dilshod Saitov, 24.Bobir Abdixoliqov,

O'mon: 1.Ibrohim Al Muhayni, 4.Arshad Al Alavi (11.Abdulloh Favaz, 46), 5.Juma Al Xabsi, 6.Ahmad Al Hamisi, 7.Issam Al Sabhi (19.Mahmud Al Mushaifri, 65), 8.Zohir Akbari (21.Abdul Rahmon Al Mushaifri, 85), 9.Umar Al Malki (12.Muhsin Al G'assani, 46), 10.Jamil Al Yahmadi, 14.Ahmad Al Kaabi, 20.Salah Al Yahyoi, 23.G'arib Al Saadi.
Zaxira: 2.Samih Al Hamrashdi, , 13.Ahmad Al Matrushi, 15.Musaab Al Mamari, 16.Xolid Al Braiki, 18.Faiz Al Rusheidi, 22.Ahmad Al Ravahi.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston - O'mon 3:0

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HOJIAKBAR ALIJONOV 3:0! Erkinovning to'p uzatishidan keyin Alijonov jarima maydoni ichidan to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi! VIDEO

85. UXX! Nasrullaev uzatgan to'pni Yaxshiboev qabul qilib oldi, ammo darvozabonni ham aldamoqchi bo'lganida Al Muhayni to'pni olib qo'ydi

83. Bugun Fayzullaev va Husanov milliy terma jamoada debyut qilishdi

83. O'zgarish. O'zbekiston. Sayfiev o'rniga Abduqodir Husanov tushdi

81. Yana bir hujum, chap qanotdan Fayzullaev to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'pni himoyachi qaytardi

79. Xavfli vaziyat! Erkinov hozir ajoyib imkoniyatga chiqib bordi, ammo qanot hakami ofsayd deb noto'g'ri qaror qabul qilib hujumni to'xtatdi. Takroriy lavhalar Erkinov o'yindan tashqari holatda emasligini ko'rsatdi

75. Uchrashuvni ko'rish uchun "Bunyodkor" stadioniga 12912 tomoshabin kelgani elon qilindi

73. O'zgarishlar. O'zbekiston. Hamrobekov va O'runov o'rniga Yaxshiboev va Fayzullaev tushdi

68. UXXX! Hojimat Erkinovning o'ng qanotdan reydi uning O'runovga to'pni noaniq oshirishi bilan tugadi

64. Zarbaaaaa! O'monning hujumi, o'ng qanotdan oshirilgan to'pni Al G'assani darvozaga yo'lladi, noaniq!

60. O'zgarishlar. O'zbekiston. Masharipov va Iskanderov o'rniga Erkinov va Sobirxo'jaev tushdi

56. UXXX! Xavfli vaziyat! O'runov tomon uzatilgan to'pni Jamil Al Yahmadi qaytardi

46. Ikkinchi taym boshlandi




45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha O'zbekiston - O'mon 2:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi



38. O'monning hujumi, chap qanotdan havolatib uzatilgan to'pga ikki hujumchi eta olmadi

30. ZARBA! Bu safar Masharipov to'p uzatdi, Sayfiev zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida!

27. ZARBAAAAA! Hamrobekov kutilmaganda to'pni raqibga oldirib qo'ydi, Salah Al Yahyoining jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin O'tkir Yusupov seyv namoyish etdi! 

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JALOLIDDIN MASHARIPOV! 2:0. Sayfievdan chiroyli pas va Masharipovdan chiroyli gol! Dubl! VIDEONI KO'RISH

20. Guruhdagi boshqa o'yinda Tojikiston va Turkmaniston o'zaro durang o'ynashdi - 1:1.

15. Tashabbus O'zbekiston tomonida, raqiblar deyarli maydon markazidan o'ta olishmayapti

7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JALOLIDDIN MASHARIPOV! 1:0. CHamasi 20 metrlardan belgilangan jarima to'pini Masharipov erdan darvozaga joylab qo'ydi, jonli devor esa tepaga sakragandi! VIDEONI KO'RISH

4. ZARBAAA! CHap qanotdan uzatilgan to'pni SHukurov boshi bilan darvozaga yo'lladi, kuchsiz zarbadan keyin to'pni darvozabon ushlab oldi

3. UXXXX! Masharipov hozir jarima maydoni ichida yiqitildi, bosh hakam esa qoida buzilmadi deb hisobladi.

2. Srechko Katanec bugun hujumda Masharipov-O'runov tandemini sinab ko'rmoqda

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON! 

- Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga, Milena Madmusaeva uni jonli kuylamoqda...

- Dastlab O'mon davlat madhiyasi

- Ikkala davlat terma jamoalari maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 20:30da boshlanadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика