So’nggi yangiliklar

21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  6 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  4 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  8 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  6 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  18 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3

"CA" vakillari Brisbenga etib keldi Yangiliklar

"CA" vakillari Brisbenga etib keldi

Avstraliyadagi Osiyo Kubogini yoritib borayotgan ijodiy jamoamiz bugun Sidney shahridan Brisben shahriga ko'chib o'tdi.
Sidney vaqti bilan soat 14:45da samolyotga chiqdik va Brisben vaqti bilan soat 15:15da manzilga etib keldik. Atiga 30 daqiqa uchildimi dersiz. Yo'q, aslida bir soatdan salgina ko'proq parvoz qildik. Sidney va Brisben orasidagi vaqt farqi 1 soatni tashkil etishi tufayli shunday holat yuzaga keldi.

Saytimiz xodimlaridan tashqari Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi 70dan ortiq muxlislar ham Brisbenga kelishdi. Xitoyga qarshi bahsda ular qatoriga shu erda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz ham qo'shilishi haqida xabar berdik.

Brisben shahrida maydalab yomg'ir yog'moqda, havo Sidneydagiga qaraganda biroz sovuqroq, 25 daraja.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toshkentda 14:00) "Perri Park" stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Ushbu mashg'ulotlarni saytimiz vakillari kuzatib borishadi. Terma jamoa lageridagi eng so'nggi yangiliklarni aynan bizning saytimizdan topishingiz mumkin.

Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani va rasmiy mashg'ulotlar. 14 yanvarda esa Xitoyga qarshi bahs.

Narzulla Saydullaev
Brisben shahridan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика