So’nggi yangiliklar

10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  2 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  3 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2

"CA" Qarshida: Markaziy o'yinga tayyorgarlik avjida! Yangiliklar

"CA" Qarshida: Markaziy o'yinga tayyorgarlik avjida!

Teglar :  NasafPaxtakorCA
Bugun erta tongda saytimiz ijodkorlari bilan Qarshi shahri tomon yo'lga chiqdik.

Ijodiy guruh bilan tushga yaqin Qarshiga kelib, dastlab "Markaziy" stadionda "Nasaf"ning o'yin oldi mashg'ulotini kuzatishga muvaffaq bo'ldik.

So'ngra esa "Nasaf" klubi qarorgohi tomon otlandik. Klub bazasidan video va fotolavha uyushtirib, "Nasaf" - "Paxtakor" yoshlari o'rtasidagi bahsni tomosha qilgani "Sputnik"dagi "Nasaf" yoshlari istiqomat qiladigan bazaga yo'l oldik. U erdan ham o'yindan tashqari qiziqarli foto va video reportaj uyushtirdik.

Tez kunlarda "Nasaf" professional klubi qarorgohi, "Nasaf" akademiyasi, qayta rekonstrukciya qilingan "Markaziy" stadion va yoshlar jamoasi istiqomat qiladigan bazadan tayyorlagan reportajimizni "YouTUBE"dagi rasmiy kanalimiz va saytimiz orqali tomosha qilasiz.

Qizg'in va murosasiz o'tgan o'rinbosarlar bahsida yosh "sherlar" mezbonlarni mag'lubiyatga uchratishdi va chempionlik uchun navbatdagi qadamni tashlashdi.

O'rinbosarlar uchrashuvidan keyin esa yana "Markaziy" stadionga qaytdik va bu erda endi SHota Arveladze qo'l ostidagi "Paxtakor" o'yin oldidan o'zining rasmiy mashg'ulotini kuzatdik.

SHuni qayd etish kerakki, har ikkala jamoa azolari ertangi o'ta muhim o'yinga alo kayfiyat bilan tayyorlanishmoqda.
"Nasaf"da ham, "Paxtakor"da ham o'yin oldidan hech qanday yo'qotishlar yo'q.

"Ajdarlar" va "sherlar" uchun hayot-mamot jangiga aylanadigan ushbu to'qnashuvda hozircha aniq favorit nomini aytish mushkul.
O'yin bobida "Nasaf" ustundek ko'rinayotgan bo'lsada, "Paxtakor" o'zining mavsumdagi oxirgi va hal qiluvchi final uchrashuvida yorqin futbol ko'rsatishiga to'g'ri keladi.

SHunisi aniqki, bizni dahshatli va shiddatli futbol spektakli kutmoqda.

Ertangi o'yin atrofidagi muhit haqida gapiradigan bo'lsak, Qarshida ushbu bellashuvga bo'lgan qiziqish juda yuqori darajada.

Olingan malumotlarga ko'ra, uchrashuvga chiqarilgan chiptalarning 15 mingdan ziyodi sotib bo'lingan.
Markaziy sektorlar chiptalari sotuvining bozori chaqqon.

Ertaga "Markaziy" stadionda anshlag bo'lishi kutilmoqda.

Qarshi shahridan maxsus
SHahboz Beg'amov, Tolibjon Qosimov, Zoir Tursunboev

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика