"CA" o'quvchilari Eldor Suyunovni eng yaxshi deb topishdi
04 iyu 2015 15:13
Yangiliklar


"CA" o'quvchilari Eldor Suyunovni eng yaxshi deb topishdi
Saytimizda o'tkazilgan "Oliy liganing 10 ta tur yakunlari" bo'yicha eng yaxshi darvozabonni aniqlash so'rovnomasi yakunlandi.
"Nasaf" kiperi Eldorbek Suyunov mavsumning uchdan bir qismi yakunlari ko'ra eng yaxshi darvozabon deya topildi. So'rovnomada jami oltita darvozabonlar ishtirok etishdi. Unga ko'ra, Andrey Baklanov ("Qo'qon-1912") 270 ovoz, Aleksandr Lobanov ("Paxtakor") 270 ovoz, Evgeniy CHeremesin ("Neftchi") 248 ovoz, Aleksandr Melenchuk ("Navbahor") 182 ovoz, Mamur Ikromov ("Lokomotiv") 31 ovoz to'plashdi. So'rovnomada g'olib bo'lgan "Nasaf" posboni Eldorbek Suyunov esa 419 ovoz bilan raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirdi.

Fikrlar