So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  9 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Buyuk jamoalar ham yutqazadi". SHackix Samarqanddagi mag'lubiyat, "VAR" yo'qligi, hakamlar xatosi va "Dinamo" haqida Yangiliklar

"Buyuk jamoalar ham yutqazadi". SHackix Samarqanddagi mag'lubiyat, "VAR" yo'qligi, hakamlar xatosi va "Dinamo" haqida

O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi "Dinamo" - "Paxtakor" (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Maksim SHackix ishtirok etib, mag'lubiyat sabablari va hakamlik tizimidagi tushunarsiz qarorlar haqida gapirdi.

- Samarqand jamoasini tabriklayman, qoyil, g'alaba qozonishdi. SHunchaki men uchun bazi narsalar qiziq, o'tgan yili ham, bu yil ham takrorlanishda davom etmoqda. Tushunmayman, hakamlar bunday o'yinlarni boshqarishmoqda, ammo ularda hattoki o'zaro aloqa vositasi uchun bo'lgan quloqchinlar ham yo'q. XXI asr, ammo hakam menga "VAR" yo'q, shu uchun "naushnik"lar ham yo'q", deb tushuntiryapti. Bosh hakam nimanidir ko'rmay qolishi, vaziyat zaxira yoki qanot hakamiga yaxshiroq ko'ringan bo'lishi mumkin-ku, to'g'rimi? Bu narsa yo'qligi men uchun hayratlanarli.

Tushunarliki, bizning o'yinlarimizda "VAR" qachon bo'ladi, qachonki u kimgadir kerak bo'lsa. Bunday o'yinlarda esa yo'q. VARsiz esa nimalar ro'y berayotganini ko'ryapmiz. 

Barchasini hozir ko'rib chiqdik – toza penalti berilmadi, Aziz 3-golni kiritganda ham toza gol edi, ammo endi buni qanday isbotlay olamiz? Hech qanday! Hakamlar haqida gapirishni istamasdim, xohlamayman ham. CHunki buni hech qanday foydasi yo'q. Ammo bunday qilish mumkin emas.

Ha, biz mag'lubiyat uchun aybdormiz, bu faqatgina o'zimizning aybimiz. Birinchi taymni to'liq boy berdik, Samarqand klubi etarlicha yaxshi jamoa ekan, ular yaxshi o'ynashdi. Bugun tarkibda ancha vaqtdan buyon ko'rmoqchi bo'lganlarni ko'rib oldik. Endi xulosa chiqaramiz.

SHunchaki, hozirgi asrimizda hakamlarning maydondagi oddiygina aloqa vositalarsiz ishlashi men uchun tushunarsiz. 


- Birinchi bo'limda Pro liga klubidan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatga uchrash – bu  nima edi?
- Bu – futbol, unda bunday voqealar uchrab turadi. 4ta zarba va 3ta gol urishdi. Bo'lib turadi. Bugun bizning kunimiz emasdi. Istalgan zarba darvozamizga kirib ketaverdi. Darvozabonning xatosi, tushunarsiz vaziyatlar. Ehtimol, bugun o'yinga to'g'ri yondashuv bilan chiqmagandirmiz. Yigitlarga etkazishga urindik, afsuski, balki ularga etib bormagandir. Tushunish lozim – hozirda hech kimni maydonga shunchaki tushib, yutib bo'lmaydi! Na saviya, na daraja bo'yicha ham. Maydonga tushdingmi, birinchi soniyadanoq maksimal kuch bilan ishlash kerak, ishlash kerak, ishlash kerak. G'alaba qozonishning boshqa yo'li yo'q. Bu birinchi liga jamoasiga qarshi bo'ladimi yoki Superliga klubimi farqi yo'q. Bu bizning muammo, tez orada buni to'g'rilaymiz. Hech qisi yo'q, bu fojia emas, barchasidan o'tamiz. Oldinda bizni 2-davra o'yinlari va Osiyo CHempionlar ligasi kutmoqda.

- «Paxtakor»ning yangi transferlari bugun ish bermadi, vaziyat avvalgidek – o'sha CHeran maydonga tushgach, o'zgardi. Hojimat Erkinov ham biz bilgan Hojimat emasdek ko'rindi. Bu haqda nimalar deya olasiz?
- Siz bu gaplarni qaerdan oldingiz bilmayman, kimni sotib olishni, qanday kuchayishni, ular qanday o'ynashigacha siz emas, biz baho beramiz. Biz o'tgan yarim mavsum uchun transfer siyosatimizdan qoniqdik. Barchasi uchun vaqt kerak. Hojimat uchun ham vaqt kerak. U avvalgi klubida qanday ishlagan, hozir qanday holatda endi bilib olamiz. U harakat qilmoqda, o'ynashni istamoqda, ammo hali biz kutgan darajada emas. O'ylaymanki, vaqt o'tib barchasi iziga tushadi. 

- Bu bahs «Paxtakor» uchun mavsumdagi eng og'ir o'yinmi? 
- Yo'q, shunchaki o'zimizni qiynab qo'ydik. Nimasi og'ir bo'lsin?! Bugun omad raqibga kuldi – 4ta zarba va 3ta gol. Futbolda bo'lib turadi. Unutmang, buyuk jamoalar ham mag'lubiyatga uchraydi, buyuklar ham! SHunday ekan, hech qisi yo'q, xatolar ustida ishlaymiz.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика