"Buxoro"ning kanadalik futbolchisi "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
28 fev 2020 21:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/548206_original.jpg)
![](/upload/storage/548206_220.jpg)
"Buxoro"ning kanadalik futbolchisi "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
Muhsin Muhammadiev boshchiligidagi "Buxoro" safarda "Qo'qon-1912" ga yirik hisobda (0:3) mag'lub bo'ldi.
O'yindan so'ng jamoaning kanadalik legioneri Milovan Kapor fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qanday hisob qayd etilganidan qatiy nazar biz mag'lub bo'ldik. Afsuski, bugun o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. G'alaba qozonish uchun kelgan edik. Raqibda havfli vaziyatlar nisbatan ko'proq bo'ldi. Ammo, biz ham yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda natija boshqacha bo'lishi mumkin edi. Bu mavsumning ilk o'yini. Hayajon va vahimaga berilmasdan keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz", deydi Kapor.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar