"Buxoro"ning g'alabasiz o'yinlari 10taga etdi
29 okt 2020 17:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/600328_original.jpg)
![](/upload/storage/600328_220.jpg)
"Buxoro"ning g'alabasiz o'yinlari 10taga etdi
Jamshid Saidov qo'l ostidagi jamoa oson bo'lmagan davrni boshdan o'tkazyapti.
Bugun "Buxoro" mezbon sifatida "So'g'diyona"ni qabul qilib, yirik 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qatorasiga uchta durang so'ng buxoroliklar yana mag'lubiyatni qabul qilib olishdi.
Yana bir fakt shuki, "Buxoro"ning g'alabasiz seriyasi 10taga etdi. Jamoa o'zining yagona uch ochkosini 11-turda "Surxon" bilan bellashuvda qo'lga kiritgandi. SHundan beri Saidov shogirdlari 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 durang va 5 mag'lubiyat qayd etishdi.
"Buxoro" keyingi turni "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar