So’nggi yangiliklar

14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  0 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  9 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03Сардор Рашидов учун мавсум тугади   4 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  15 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  10 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1

“Buxoro”dagi vaziyat, o'zbek va tojik futboli, “Manchester Siti” sobiq posboni bilan muzokara - Muhsin Muhammadiev bilan intervyu Yangiliklar

“Buxoro”dagi vaziyat, o'zbek va tojik futboli, “Manchester Siti” sobiq posboni bilan muzokara - Muhsin Muhammadiev bilan intervyu

Bilasiz, “Buxoro” jamoasi 2019 yilda Superligda qolish vazifasini muvaffaqiyatli tarzda uddaladi.

Ikkinchi davra boshlanishidan oldin jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan tojikistonlik mutaxassis Muhsin Muhammadievning ulkan tajribasi samara keltirdi.

Faoliyati davomida Rossiyaning “Rubin” hamda Tojikistonning qator klublarida tajriba orttirgan, etarli tajriba va malakaga ega. Qolaversa O'zbekiston ushbu murabbiy uchun begona emas. Ishlagan joyida muvaffaqiyat qozona olgan. Birinchi davrada og'ir ahvoldagi “Buxoro”, ikkinchi davrada qimmatli ochkolarni ishladi. Qarshi va Toshkentdan ochko bilan qaytdi.

Yaqinda bosh murabbiy bilan suhbatlashib o'zimizni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldik.

- Muhsin Muslimovich, “Buxoro”ga kelganingizdan beri siz bilan batafsil suhbat qurishga fursat bo'lmadi. Ayni vaqtda jamoa poytaxtimizda yangi mavsumga hozirlik ko'rmoqda. Ko'ryapmizki o'zgarishlar katta. Qolganini o'zingizdan eshitsak, bu borada aniq malumot bersangiz...

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyidayoq boshladik. 20-27 dekabr kunlari dastlabki yig'inni o'tkazdik. “Mashal” va “Nasaf” bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Yangi yil munosabati bilan yigitlarga kichik tatil berishga qaror qildik. So'ng yana Buxoroda to'plandik va tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishdik. Yanvar oyining 20-sanasidan boshlab hozirga qadar Toshkentda yig'inni davom ettirmoqdamiz. Taxminan 3 fevralgacha shu erda bo'lamiz. Futbolchilarga uch kunlik tatil berishni reja qilganmiz. SHundan so'ng yana Toshkentdagi yig'inni ohirgi bosqichiga start beramiz.

- Superligaga qura hali tashlangani yo'q. Mazkur holat tayyorgarlik ko'rish jarayonida noqulayliklarni keltirib chiqarmaydimi? CHunki, hali raqiblar malum emas...

- Biz ham hozirda shuni kutyapmiz. Yaqin kunlarda qura tashlash marosimi bo'lib o'tishi kutilmoqda. Taqvim qachon elon qilinishi nomalum. Lekin, chempionatni boshlanish sanasi aniq. To'g'ri, bu ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo, u qadar vahimaga hojat yo'q.



- O'tgan mavsumning iyun oyi boshlarida “Buxoro” jamoasini qabul qilib oldingiz. Vaziyat og'ir, jamoa turnir jadvalining ohirgi pog'onalarida yurardi. Odatda ko'pchilik murabbiylar bunday pallada quyi o'rinlarni egallab turgan klublarni boshqarishga rozilik berishmaydi. Katta tavakkalga qo'l urishni istashmaydi...

- Albatta, hamma ham yuqori maqsadlarni ko'zlagan, yuqori o'rinlardagi jamoalarni boshqarishni xohlaydi. Men o'z vaqtida “Buxoro”da to'p tepganman. Avlodlarim, bobom va buvim ham shu erlik. Menga taklif bilan chiqishganida yo'q deya olmadim. Qiyin vaziyatda jamoa bosh murabbiyligini qo'limga olishimga to'g'ri keldi. Men shu o'rinda qo'llab-quvvatlagan viloyat hokimi Barnoev O'ktam Isaevichga ga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- Qaysi omilga yoki nimaga ishonib bosh murabbiylikka rozilik berdingiz?

- Har qanday murabbiy o'z kuchiga va jamoadagi futbolchilarga ishonadi. Ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Hamma muammoning echimi bo'ladi. Yaratganning ko'magi bilan jamoani kuchlilar safida olib qolishga erishdik.

- “Buxoro”ga kelgan ilk kuningizda ichki muhit qanday edi? Futbolchilar bilan birinchi uchrashuvda nimalar dedingiz?

- Ochig'i, nima deganim esimda yo'q. Oradan ko'p vaqt o'tdi. Lekin, biz har qanday sharoitda ham Superligada qolishimizga ishondik. Futbolchilar qiyin holatda ham vazifani uddalashdi. Buning uchun ularga tashakkur. Ular maydonda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Kerakli pallada harakter ko'rsata olishdi. Hozir umuman boshqa vazifalar, maqsadlar bilan yo'lga chiqyapmiz.

- Legioner futbolchilarni olib kelishda muammo bo'lmayaptimi? CHunki, jamoa va O'zbekiston chempionatini darajasini inoabatga olsak, ularni ko'ndirish oson ish emas...

- To'g'ri qiyin. Ikkinchi davrada jamoani tark etgan ayrim futbolchilarni o'rnini to'ldirish maqsadida legionerlarni jalb qildik. Jamoani malum bir o'yin uslubiga ko'nikib olishi uchun vaqt kerak edi. Orada bir nechta uchrashuvlarni omadsiz yakunladik. Futbolchilar mening talablarimni va mashg'ulotlarimni tushunib ketish jarayoni biroz murakkab kechdi. Muhimi ular tezda moslashib ketishdi.

- “Buxoro” bu yil o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'yadi? Yuqori vazifalar va maqsadlar uchun yaxshi sharoitlar, maxoratli futbolchilar talab etiladi... SHaxsan siz qanday jamoa qurishni reja qilgansiz?

- Maqsadimiz raqobatbardosh jamoa tuzish. Yuqori o'rinlarni ko'zlayapmiz. 5 va 6-pog'onani egallashni istaymiz. Buni yigitlarning ruhiyatiga singdirishga harakat qilyapmiz.




- Tashkilotchilik jamoada qay darajada yo'lga qo'yilgan?

- Hammasi yaxshi. To'g'ri, ayrim qiyinchiliklar yo'q emas. Lekin, bizda bari yaxshi bo'lishi kerak.

- Avvalgi mavsumda darvoza chizig'ida faqat Rahimjon Davronov harakat qildi. Raqobat ko'rmadik deyarli. Hozir ham ikki nafar posbon mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Sardor Qobuljonov va SHoxjahon Nasimov...

- Rahimjonni yana jamoamizda ko'rishni istardik. Biroq, u “Mashal” klubiga tegishli. Uning o'tgan mavsumdagi ajoyib o'yinlari sabab ortga qaytarishdi. Yana ikki nafar darvozabonni safimizga qo'shib oldik. Ismlarini aytmayman. Keyinchalik bilib olasiz. Umuman olganda qolgan chiziqlarda ham raqobatni kuchaytirmoqchimiz. Hozirda ko'plab futbolchilar ko'rikda bo'lib turibdi. Fevral oyidagi oxirgi yig'indan keyin barchasini aniqlab olamiz.

- Turli ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro” ruminiyalik posbon, o'z vaqtida “Manchester Siti” darvozasini qo'riqlagan Kostel Pantilimon bilan kelishuvga erishgani haqida malumotlar paydo bo'ldi...

- Yo'q. SHunchaki mish-mish. Asossiz xabar hisoblanadi. Pantilimon bilan hech qanday muzokara o'tkazmadik.

- Jamoaviy o'yinni shakllantirish uchun vaqt zarur. Gohida natijalar ijobiy ko'rinish olmaydi. Bunga tayyormisiz?

- Albatta. Bizni xursand qiladigan jihati jamoamizda o'ynashni xohlaydigan futbolchilar kelishmoqda. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

- Endigi savolim yosh va iqtidorli futbolchi Asadbek Sobirjonov haqida. Ushbu futbolchi o'tgan yili etakchilardan biri bo'ldi. Mavsum kashfiyotlaridan biri sifatida etirof etildi. Uni yana “Buxoro”da ko'ramizmi?

- Asadbekni jamoamizda qolishini va boshlanajak mavsumda ham biz bilan bo'lishini istayman. Lekin, uning transferi ham bizga tegishli emas. “Paxtakor” qanday qaror qabul qilishiga bog'liq. U bilan doim aloqadamiz.



- Suhbatimizni tojik futboli bilan davom ettirsak. Bilamiz, oxirgi yillarda Tojikistonda futbol jadallik bilan o'smoqda. Turli yoshdagi terma jamoalari xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Yoshlar terma jamoasi avvalgi Osiyo chempionatida kichik mundialga yo'llanma oldi. Yaqinda o'smirlar terma jamoasi Minskdagi musobaqada finalga qadar etib bordi. Daraja bo'yicha bizga yaqinlashib olishdi. Olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida O'zbekiston OTJga munosib qarshilik tug'dirdi. Klublardan “Istiqlol” OCHL saralash va pley-offda ajoyib o'yin ko'rsatdi...

- Bu Tojikistonda futbolga etiborni kattaligi bilan bog'liq. Tojikiston futbol federaciyasi prezidenti Emomali Rustam futbol yo'lida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. So'ngi besh yillikda bolalar va o'smirlar futbolida diqqatga sazovor o'zgarishlar bo'ldi. Iqtidorlar va yaxshi futbolchilar doim etishib chiqqan. Mana hozirda ishlar reja bo'yicha ketmoqda. Tizim to'g'ri yo'lga qo'yildi. Bundan faqat va faqat xursand bo'laman. “Istiqlol”ning OCHL guruh bosqichiga chiqa olmagani esa achinarli bo'ldi.

- 21 asr boshlarida Samarqandning “Dinamo” klubidagi faoliyatingiz bilan barchaga tanilgansiz. O'sha paytlarda stadionlarga muxlslar sig'may ketgan, bo'sh o'rindiqlar deyarli qolmagan. Hozirda esa stadionlarni to'ldirish tobora muammoga aylanmoqda...

- Ha. Fikringizga qo'shilaman. Samarqandda, Farg'onada, Buxoroda va Toshkentdagi o'yinlarda stadionlar liq to'lardi. Ishqibozlarda qiziqish o'ta kuchli bo'lgan. Nazarimda bu holat muxlislarning o'zbek futboliga munosabati qanday ekanligidan dalolat beradi. Fursatdan foydalanib ularga samimiy tilaklarimni bildirib qolaman. O'zbekistonlik muxlislarga olimpiya o'yinlariga, milliy terma jamoani esa jahon chempionatiga chiqishiga tilakdoshman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика